21 jan 08:08
Yangiliklar
Boshqalar
Harbiy xizmatchilar o'rtasida badminton bo'yicha musobaqa o'tkazildi
Toshkent shahrida badminton sport turi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar o'rtasida sport musobaqasi o'tkazildi.
Poytaxtimizdagi “CHorsu” sport klubi bazasida bo'lib o'tgan ushbu musobaqa O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab tashkil qilindi.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o'tgan musobaqada 60 dan ziyod harbiy xizmatchilar g'oliblik yo'lida o'z omadlarini sinovdan o'tkazishdi.
Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar