So’nggi yangiliklar

14:52"Менга катта номлар ва катта пуллар керак". Чимаев Перейра билан жангни хоҳлаяпти 0 14:27Велотрек бўйича Тошкент Гран-при турнири якунланди 0 14:03Трамп — Оқ уйдаги UFC турнири ҳақида: "Бутун мамлакатимиз таклиф қилинади. Кириш бепул" 0 13:40Алабанинг хизматлари "Ювентус" ва "Милан"га таклиф этилди 0 13:13Самарқанд мезбонлик қиладиган Mangu 3 турнири қачон ўтказилиши маълум бўлди. Турнирнинг илк жанги ҳам эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 12:38Стрикленд — Чимаев билан спарринг ҳақида: "Кичкина каламуш. Сен шунчаки ожиз инсонсан" 0 12:12Отабек Умаров FIA Сенати йиғилишида қатнашди 0 11:39Мураббий буталар орасидан рақиб машғулотини кузатгани учун иш очилди 0 11:11"Илк сонияданоқ унинг жағини пойлайман". Топурия — Гэтжи билан жанг ҳақида гапирди 0 10:38Андижон ҳокими ЖЧ совриндори Абдулло Алиевни уй билан мукофотлади (ВИДЕО) 0 10:12Хамзат Чимаев кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 09:45Бруну Фернандеш мавсумнинг энг яхшиси деб топилди 0 09:16Аёллар терма жамоамизнинг ҳам Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркиблари эълон қилинди 0 08:39"У ичиб олганми?" Чимаев Макгрегорнинг сўзларига жавоб қайтарди 0 08:13Istanbul Open. Тимофеева ярим финалда, Кудерметова эса... 0

12 fev 17:12
Yangiliklar

Boshqalar

Hasanboy, SHahram va boshqa sovrindorlar. O'zbekistonda umrbod oylik to'lanadigan sportchilar nomi elon qilindi

Teglar :  Umrbod oylik
Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida” qaroriga asosan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari uchun umrbod oylik to'lovlar to'lab borilishi belgilangan edi.

Qaror ijrosini taminlash bo'yicha qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 27 dekabridagi va joriy yilning 7 fevraldagi tegishli farmoyishlariga asosan, umrbod oylik to'lov oladigan sportchilar ro'yxati tasdiqlandi. 

Hozircha umrbod oylik to'lov to'lab boriladigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindori soni 57 nafar.

Ularga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag'lar hisobidan:

Oltin medal uchun — eng kam oylik ish haqining 10 barobari;
Kumush medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari;
Bronza medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida umrbod oylik to'lab boriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktyabrdagi 878-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlariga to'lanadigan umrbod oylik to'lovlar to'lash tartibi to'g'risida nizomga asosan, umrbod to'lovlarni olish uchun har yili 1 dekabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ariza va pasport nusxasi taqdim etilishi shart.

Sportchi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa yoki musobaqada boshqa davlat nomidan ishtirok etsa, butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo'llagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya g'olib va sovrindorligidan mahrum etilsa, sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilsa, vafot etsa umrbod oylik to'lov to'xtatiladi.

Takidlash joiz, sportchi kelgusi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida yana g'olib va sovrindor bo'lsa, unga umrbod oylik to'lovlar oshirilgan miqdorda to'lanadi.

Umrbod oylik to'lanadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar Ro'yxati



T/r

Sportchilar

nomi

Sport turi nomi

Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari o'tgan yillari va davlatlar nomi

Qo'lga kiritgan medali

Olimpiya o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar

1964 yil

1.

Babanina Svetlana Viktorovna

suzish

XVIII yozgi Olimpiya o'yinlari Tokio shahri (Yaponiya)

bronza

1976 yil

2.

Riskiev Rufat Asadovich

boks

XXIyozgi Olimpiya o'yinlariMonreal shahri (Kanada)

kumush

1980 yil

3.

Pavlova Larisa Mixaylovna

voleybol

XXII yozgi Olimpiya o'yinlari Moskva shahri (Rossiya)

oltin

4.

Yambulatov Rustam Zaynullovich

o'q otish

XXII yozgi Olimpiya o'yinlari, Moskva shahri (Rossiya)

kumush

5.

Ruziev Sabirjan Sabitovich

qilichbozlik

XXII yozgi Olimpiya o'yinlari Moskva shahri (Rossiya)

kumush

6.

Xam Alina

Egorovna

chim ustida xokkey

XXII yozgi Olimpiya o'yinlari Moskva shahri (Rossiya)

bronza

1992 yil

7.

CHusovitina Oksana Aleksandrovna

sport gimnastikasi

XXV yozgi Olimpiya o'yinlari Barselona shahri (Ispaniya)

oltin

1996 yil

8.

Bagdasarov Armen Yurevich

dzyudo

XXVI yozgi Olimpiya o'yinlariAtlanta shahri (AQSH)

kumush

9.

To'laganov Karim Olimjonovich

boks

XXVI yozgi Olimpiya o'yinlariAtlanta shahri (AQSH)

bronza

2000 yil

10.

Abdullaev Muxammatkodir Maxamatyakubovich

boks

XXVII yozgi Olimpiya o'yinlari Sidney shahri

(Avstraliya)

oltin

11.

Saidov Rustam Tuxtasinovich

boks

XXVII yozgi Olimpiya o'yinlari Sidney shahri

(Avstraliya)

bronza

2004 yil

12.

Xaydarov Utkirbek Abdujalilovich

boks

XXVIII yozgi Olimpiya o'yinlari Afina shahri

(Greciya)

bronza

13.

Sultonov Baxodir Maribjon o'g'li

boks

XXVIII yozgi Olimpiya o'yinlari Afina shahri

(Greciya)

bronza

2008 yil

14.

Tangriev Abdullo Tovashevich

dzyudo

XXIX yozgi Olimpiya o'yinlariPekin shahri

(Xitoy Xalq Respublikasi)

kumush

15.

Xilko Ekaterina Viktorovna

trampolin

XXIX yozgi Olimpiya o'yinlariPekin shahri
(Xitoy Xalq Respublikasi)

bronza

16.

Fokin Anton Viktorovich

sport gimnastikasi

XXIX yozgi Olimpiya o'yinlariPekin shahri
(Xitoy Xalq Respublikasi)

bronza

2012 yil

17.

Atoev Abbos Abdurazzoqovich

boks

XXX yozgi Olimpiya o'yinlariLondon shahri
(Buyuk Britaniya)

bronza

2016 yil

18.

Nurudinov Ruslan SHamilevich

og'ir atletika

XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

oltin

19.

Zoirov SHaxobidin SHokirovich

boks

XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

oltin

20.

Do'smatov Xasanboy Marfjon o'g'li

boks

XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

oltin

21.

Gaibnazarov Fazliddin Xasanbaevich

boks

XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

oltin

22.

Meliqo'ziev Bektemir Ro'zmatjon o'g'li

boks

XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

kumush

23.

Giyasov SHaxram Djamshedovich

boks

XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

kumush

24.

Tulaganov Rustam To'lqin o'g'li

boks

XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

bronza

25.


To'liq ro'yxat BU ERDA

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing