So’nggi yangiliklar

14:52"Менга катта номлар ва катта пуллар керак". Чимаев Перейра билан жангни хоҳлаяпти 0 14:27Велотрек бўйича Тошкент Гран-при турнири якунланди 0 14:03Трамп — Оқ уйдаги UFC турнири ҳақида: "Бутун мамлакатимиз таклиф қилинади. Кириш бепул" 0 13:40Алабанинг хизматлари "Ювентус" ва "Милан"га таклиф этилди 0 13:13Самарқанд мезбонлик қиладиган Mangu 3 турнири қачон ўтказилиши маълум бўлди. Турнирнинг илк жанги ҳам эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 12:38Стрикленд — Чимаев билан спарринг ҳақида: "Кичкина каламуш. Сен шунчаки ожиз инсонсан" 0 12:12Отабек Умаров FIA Сенати йиғилишида қатнашди 0 11:39Мураббий буталар орасидан рақиб машғулотини кузатгани учун иш очилди 0 11:11"Илк сонияданоқ унинг жағини пойлайман". Топурия — Гэтжи билан жанг ҳақида гапирди 0 10:38Андижон ҳокими ЖЧ совриндори Абдулло Алиевни уй билан мукофотлади (ВИДЕО) 0 10:12Хамзат Чимаев кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 09:45Бруну Фернандеш мавсумнинг энг яхшиси деб топилди 0 09:16Аёллар терма жамоамизнинг ҳам Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркиблари эълон қилинди 0 08:39"У ичиб олганми?" Чимаев Макгрегорнинг сўзларига жавоб қайтарди 0 08:13Istanbul Open. Тимофеева ярим финалда, Кудерметова эса... 0

05 sen 09:19
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

O'zbekistonda umrbod oylik to'lanadigan sportchilar soni 57 nafarga etdi (to'liq ro'yxat)

Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish, yuqori natijaga erishgan sportchilarni rag'batlantirishga alohida etibor qaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida”gi qaroriga asosan, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari uchun umrbod oylik to'lovlar to'lab borilishining o'ziyoq bu sohaga bo'lgan etiborning naqadar yuksak ekanligini ko'rsatadi.

Hozirgi kunda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlarining 57 nafariga umrbod oylik to'lovi O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan to'lab boriladi.

Agar sportchi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa yoki musobaqada boshqa davlat nomidan ishtirok etsa, butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo'llagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya g'olib va sovrindorligidan mahrum etilsa, sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilsa yoki vafot etsa, umrbod oylik to'lovi to'xtatiladi.

Takidlash joizki, sportchi kelgusi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida yana g'olib va sovrindor bo'lsa, unga umrbod oylik to'lovlar oshirilgan miqdorda to'lanadi.

Malumot o'rnida, 2019 yilning 3 yanvarida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash to'g'risida”gi farmoyishga binoan Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha 2018 yilda o'tkazilgan jahon chempionatlarida sovrinli o'rinlarni egallagan bir guruh sportchilar va ularning murabbiylarining har biriga bir martalik pul mukofoti ajratildi.

Unga ko'ra, jahon chempionatining oltin medali sohiblari 12000, kumush medal sovrindorlari 6000, bronza medaliga ega chiqqan sportchilarimiz esa 3000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlanishdi.

O'z navbatida, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan, shogirdi chempion bo'lgan murabbiyga 6000, vice-chempionlarni etishtirib chiqargan murabbiylarga 3000 va shogirdi bronza medalga ega chiqqan murabbiylarga 1500 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli topshirilgan.


Reyting:    

Fikrlar

   
05 sen 10:38:28
KING RING
Assalomu alaykum hurmatli adminlar. Habaringiz boʻlsa bokschilarimiz jahon chempionatida qatnashish uchun Rossiya federatsiyasi Yekaterinburg shahriga joʻnab ketgan. Jahon chempionati bahslari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Janglarni translyatsiya qilish masalasini birorta Oʻzbekiston telekanali sotib olganmi yoki yoʻq. Shuni surishtirib aytvorilar. Yoki chet el kanallaridan qaysilarida tomosha qilsak boʻladi. Shu haqida batafsil maʼlumot bersangiz biz muhlislar judayam hursand boʻlar edik.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing