So’nggi yangiliklar

15:58Адесанья фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 15:21Билол Муҳаммад: "Ян Фигерейдуни осонлик билан мағлуб этади" 0 15:00"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти 0 14:51Петр Ян Дейвисон Фигейредога қарши! UFC Макао турниридан ОНЛАЙН 0 14:38Париж-2024 чемпиони проф боксга ўтишини эълон қилди 0 14:15Ҳумоюн Султонов Калабурагида бош соврин учун кортга чиқади 0 13:54Prezident Kubogi. Бугун 3-турда ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз 0 13:33Аморим "МЮ"да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди 0 13:12Петр Ян Дэйвисон Фигейредога қарши! Бугун UFC Макао турнири ўтказилади (Барча тафсилотлар) 0 12:51Эркин кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатида 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 12:30Octagon 66 турнирида жанг қилган беш нафар ҳамюртимиз қандай натижа қайд этди? 0 12:09Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 11:48Ёш стол теннисчиларимиз Жаҳон чемпионатида АҚШни мағлуб этишди 0 11:27Prezident Kubogi. Нодирбекда яна ғалаба, Ниғматов шов-шувли тарзда Парҳам Мақсудлуни ютди 0 11:06Шоҳжаҳон Эргашев янги йил олди Японияда жанг қилиши мумкин 0

10 noy 07:18
Yangiliklar

Boshqalar

Hayat yig'ilishi tanqidiy ruhda o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Hayat yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unga jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev raislik qildi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi sektor mudiri SHavkat Sultonov ham ishtirok etdi.

Oldinga o'tib aytish kerak, Hayat yig'ilishi keskin va tanqidiy ruhda o'tdi. Yaxshi malumki, so'nggi yillarda hukumatimiz tomonidan O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholi orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishga alohida etibor qaratilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev rahnamoligida sohada mavjud barcha muammolarga o'z vaqtida echim topilmoqda. Xo'sh, bunga mamlakat sport jamoatchiligi qanday javob bermoqda? Joylarda hukumat qaror va farmonlari ijrosini taminlash qanday yo'lga qo'yilgan? Bugungi Hayat yig'ilishida ana shu savollarga javob izlandi.

Kun tartibidan o'rin olgan dastlabki masala – 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) o'tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov maruza qildi.

“Malumki, 2017 yil 9 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi PQ-2821-son qarori qabul qilingan bo'lib, mazkur qarorga asosan 21 ta ustuvor olimpiya sport turlari bo'yicha 4 yilga mo'ljallangan Dastur tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayonining asosiy bosqichlaridan biri, 2018 yilda Indoneziyada o'tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlari hamda Argentinada bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasida III Olimpiya o'yinlarida sportchilarmiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishga asosiy nomzod sifatida tanlab olingan sportchilar bilan alohida reja asosida tayyorgarlik ishlarini olib borish maqsadida Xitoy, Rossiya, Belarus, Franciya, Estoniya, Polsha, Gruziya, Meksika va Argentina kabi rivojlangan davlatlardan 13 nafar xorijiy mutaxassislar va trenerlar jalb etildi. SHuni alohida qayd etish joiz, 2019 yildan 2020 yil iyun oyigacha bo'lgan muhlat Olimpiya o'yinlariga yo'llanma (licenziya) beruvchi muhim davr hisoblanadi.

Agar bugungacha Tokio Olimpiadasi uchun sportning 11 ta turidan qo'lga kiritilgan 24 ta licenziya egalarini tahlil qiladigan bo'lsak, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridan etishib chiqqan sportchilar tomonidan shu kunga qadar bironta ham licenziya qo'lga kiritilmaganligi oydinlashadi.

Asosiy muammolarimizdan yana biri – etakchi sportchilarimizga munosib zaxiraning yo'qligi. Buning asosiy sababi, oliy sport mahorati maktablari tomonidan respublika va xalqaro sport musobaqalari natijalarini chuqur tahlil qilib, vaziyatga ilmiy jihatdan yondashmayotganligidir. Hozirda Oksana CHusovitina, Svetlana Radzivil, Nadya Dusanova kabi etakchi sportchilarimizga munosib o'rinbosarlar etishib chiqmayapti. Biroq, afsuski Oliy sport mahorati maktablari tomonidan bu jarayon chuqur tahlil qilinmayapti.”

SHuningdek, maruzachi joylarda selekciya ishlari to'g'ri yo'lga qo'yilmagani, buning oqibatida qanchadan-qancha iqtidorli yoshlar o'z mahoratlari va istedodlarini namoyon eta olishmayotganini ham keskin tanqid qildi.

Kun tartibidan o'rin olgan ikkinchi masala – O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi “O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash bo'yicha aholi, ayniqsa uyushmagan yoshlar, shu jumladan xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, sportning ommaviyligini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan vazir o'rinbosari SHarif Mo'minjonov maruza qildi.

Maruzachi o'z so'zida maxsus ishchi guruh tomonidan vazirlikning 10ta hududiy boshqarmasida olib borilgan o'rganishlar natijasiga to'xtalib, aksariyat hududlarda qaror ijrosini taminlash qoniqarsiz darajada ekanligini keskin tanqid qildi. Aholi orasida ommaviy badantarbiya mashqlarini muntazam yo'lga qo'yish, 5t muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi bo'lgan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun sharoitlar yaratish borasida ham joylarda qilinishi lozim bo'lgan ishlar talaygina. Yig'ilishda Navoiy va Buxoro viloyatlarida mavjud holatni tahliliy o'rganib chiqish hamda ushbu hududiy boshqarmalar rahbariyati faoliyati bo'yicha vazirlik rahbariyatiga aniq taklif kiritish vazifasi yuklandi.

Hayat yig'ilishi kun tartibidan o'rin olgan “2019 yil Investiciya dasturi doirasida sport inshootlarida olib borilayotgan qurilish-tamirlash ishlari holati, vazirlikning hududiy boshqaruv idoralari hamda respublika tashkilotlari va talim muassasalarida axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish holati, vazirlik tizimidagi talim muassasalari va tashkilotlari uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag'lar va ulardan samarali foydalanish holati to'g'risida” vazir o'rinbosari Nodir Murotovning hisoboti tinglandi.

Afsuski, mazkur yo'nalishda ham joylarda amalga oshirilgan ishlarni qoniqarli, deb bo'lmaydi. Xususan, bugungi axborot asrida ayrim hududiy boshqarmalarning maxsus veb-sahifalari yaratilmagan yoki mavjudlari ham mutlaqo qoniqarsiz ahvolda. SHuningdek, ayrim Respublika oliy sport mahorati maktab-internatlari ham mazkur masalaga panja ortidan qarayotganligi jiddiy tanqid qilindi.

Hududlarda foydalanilmay turgan sport inshootlaridan davlat – xususiy sheriklik asosida foydalanish borasidagi ishlar ham oqsamoqda. Qolaversa, joylardagi axborot-kommunikaciya texnologiyalari, xususan ish kompyuterlarining juda katta qismi manan eskirgan. Ularni tubdan yangilash davr talabi ekanligi ham etirof etildi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hududlardagi masul rahbarlar Hayat yig'ilishida bildirilgan tanqidiy mulohazalardan to'g'ri xulosa chiqargan holda ishni puxta tashkil etsa, bu mamlakat sporti taraqqiyoti va eng muhimi, aholi, qolaversa jamiyat salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing