15 apr 16:18
Yangiliklar
SHaxmat
"Hech bo'lmasa suratda borman" - Anish Giri
"Nomzodlar turniri"da Javohir Sindarov bilan durang o'ynab, chempionlik imkoniyatini qo'ldan chiqargan niderlandiyalik grossmeyster Anish Giri X'dagi sahifasida post qoldirdi.
U Jahon toji uchun Gukeshga qarshi Javohir Sindarov o'ynashi haqidagi postni o'z sahifasida bo'lishdi va afsus hamda hazil aralash fikr bildirdi.
"Hech bo'lmasa rasmda bor edim", - deb yozdi u o'zi va Sindarov o'yinidan olingan surat va xabar haqida.
Eslatib o'tamiz, Javohirni Jahon toji uchun beriladigan yo'llanmani muddatidan avval qo'lga kiritishdan mahrum qilishi mumkin bo'lgan yagona ishtirokchi aynan Giri edi. Kecha 13-turda bu ikki shaxmatchi o'zaro to'qnash kelishdi va oq donalarda o'ynagana Sindarov o'zi uchun kerakli durang natijana qayd eta oldi.

Havola :
Manba : x.com/anishgiri
Fikrlar