24 apr 17:07
Yangiliklar
Hikara Nakamura: “Sindarov yutqazdi...”
"Nomzodlar turniri" g'olibining bu kutilmagan mag'lubiyatiga dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi, amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura o'z fikrini bildirdi.
“Biror o'yinchi yaxshi natija ko'rsatdi degani u darhol hammani engishni boshlaydi degani emas. Sindarov ham hozir qiyinchilikka duch kelmoqda. Dubovga 0:3 hisobida yutqazdi, Maksim Vashe-Lagrvaga ham mag'lub bo'ldi. Lekin bu uning kuchsizligini anglatmaydi, bu shunchaki omadsiz turnir, xolos”.
Hikaru yana qo'shimcha qildi:
“Gukeshga qarshi matchgacha ham hali ko'p vaqt bor, shuning uchun hozircha keskin xulosalar qilishga hojat yo'q. SHuni unutmaslik kerak-ki, hammada pasayish bo'ladi. Agar sizning ismingiz Magnus Karlsen bo'lmasa, yo'lingiz faqat g'alabalardan iborat bo'lmaydi. Qiyinchiliklar bo'lishi tabiiy”.

Fikrlar