22 apr 12:05
Yangiliklar
Tennis

Hindistonlik tennischilar Buxorodagi turnir bosh mukofotiga ega chiqishdi
Buxoro shahridagi “Dilkusho” tennis kortlarida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning juftlik bahslarida g'oliblar aniqlandi. Unda hindistonlik tennischilar juftligi bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Sriram Balaji va Vishnu Vardxan turnirning birinchi raketkalari - belaruslik Sergey Betov hamda ukrainalik Vladislav Manafov hamkorligini 6:4, 7:5 hisobida taslim etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar