So’nggi yangiliklar

15:17Мареска АПЛ рекордини ўрнатди 0 14:46Бугун уч нафар боксчимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлайди 0 14:15Мадримовнинг вазнидаги Фундора WBC чемпионлик камарини ҳимоя қилди 0 13:44Жаҳон чемпионатида йўқотишсиз одимлаяпмиз. Беш нафар боксчимизнинг барида ғалаба! 0 13:13Бекхэм ФИФА президентлигига номзод бўлиши мумкин 0 12:42Полина Кудерметова Ningbo Open турнирининг асосий тўрига йўл олди 0 12:11Aktau Asian Open 2026. Бугун 14 нафар дзюдочимиз татамига чиқади. Вакилларимизнинг бари қозоғистонликларга қарши баҳс олиб боради 0 11:40Нокаутлар оқшомига айланган UFC Fight Night 291 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 11:09Камолиддин Тожиев: "Ҳакамлар "Пахтакор" зарарига истаганча нотўғри қарорлар чиқаришмоқда" 0 10:38Дияр Нургожай UFC'даги кейинги жангини Қатарда ўтказади 0 10:17Ўн иккита "финиш" қайд этилган UFC Fight Night 291 турнирнинг барча натижалари 0 09:46Aktau Asian Open 2026. Биринчи кун 6 та медаль қўлга киритдик, 3 таси олтин! (+ФОТО) 0 09:15Мессининг дубли "Интер Майами"га "Атланта"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:44Жалолов рингга чиққан оқшомнинг асосий жанги иккинчи раундда тўхтатилди 0 08:13Хоакин Баклини нокаут қилишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

12 dek 16:02
Yangiliklar

Boshqalar

HOQ rossiyalik yosh sportchilarga bayroq va madhiya bilan ishtirok etishga ruxsat berdi

Teglar :  Rossiya
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (HOK) Rossiya yoshlar terma jamoalariga mamlakat bayrog'i, madhiyasi va milliy ramzlari bilan ishtirok etishga ruxsat berdi.

Bu haqda Rossiya sport vaziri Mixail Degtyaryov malum qildi.

"Kecha Olimpiya majlisining o'zida aytganimizdek, HOQ ijroiya qo'mitasi Rossiya sporti uchun muhim qaror qabul qildi. Rossiya va Belarus yosh sportchilarining olimpiya turlari bo'yicha xalqaro musobaqalarda — jamoaviy yo'nalishlar ham qo'shilgan holda — ishtirok etishiga qo'yilgan barcha cheklovlar bekor qilindi.

XOQ 2023 yilning 28 martidagi tavsiya endi Rossiya va Belarus yosh sportchilariga taalluqli emasligini tasdiqladi. Ular yana milliy ramzlar, bayroq, madhiya bilan va boshqa qo'shimcha tekshiruvlarsiz ishtirok etishlari mumkin.

Xalqaro federaciyalar "yoshlar musobaqasi" tushunchasiga o'zlari mezon belgilaydi. Lekin barcha bunday musobaqalarda — yakka va jamoaviy turlarda — ishtirokqa qo'shimcha cheklovlar bo'lmasligi shart. Rossiya Olimpiya qo'mitasi tiklangan taqdirda, bu qoidalar 2026 yil Dakarda bo'ladigan Yoshlar Olimpiya o'yinlarida ham amal qiladi.

XOQ ijroiya qo'mitasiga Olimpiya xartiyasining asosiy principlarini bosqichma-bosqich tiklayotgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Qarorni sinchiklab o'rganamiz va barcha sportchilarimiz huquqlarini to'liq tiklash bo'yicha ishni davom ettiramiz", — deb yozdi Degtyaryov Telegram-kanalida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing