18 mar 13:40
Yangiliklar
Boshqalar
Hududlarda MOQning masul vakillari ish boshladi
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan yurtimizning har bir viloyat, tuman va shaharlarida Olimpiya harakati, sog'lom turmush tarzini yanada targ'ib qilish bo'yicha muayyan ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, bu borada Respublikamizdagi har bir mamuriy hududlarda MOQning masul xodimlari faoliyati yo'lga qo'yildi.
Farg'ona viloyati Dang'ara tumanida mazkur g'oyalarni aholi orasida keng yoyish, muhtaram yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi ijrosini taminlash maqsadida tuman yoshlari, tibbiyot birlashmalari va XTB xodimlari ishtirokida erta tongda ommaviy yugurish hamda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari olib borildi.
SHubhasiz, bunday sog'lomlashtirish tadbirlari yosh o'g'il-qizlarimizning yanada sog'lom bo'lib voyaga etishlari, ular orasida sog'lom turmush tarzining keng ommalashishi yo'lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar