So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

16 dek 15:55
Yangiliklar

SHaxmat

Hulkar Tohirjonova: "Venkon Cup"ni xalqaro turnirga aylantirmoqchimiz"

Teglar :  HulkarSHaxmat
Toshkent shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasida turnir bo'lib o'tdi.

Ertaga esa turnir doirasida grossmeysterlar o'zaro bellashadilar.

O'smirlar o'rtasidagi bahslar yakunlanganidan so'ng biz turnir tashkilotchilaridan biri hisoblangan Hulkar Tohirjonovaning fikrlari bilan qiziqdik.

"Ushbu turnirimiz ikkinchi marotaba o'tkazilmoqda. O'tgan yili bo'lib o'tgan ilk musobaqada asosan Toshkent shahridagi bolakaylar ishtirok etgandilar. Bu safar esa Respublikamizning boshqa viloyatlaridan ham shaxmatchilar tashrif buyurdilar.



"Venkon Cup" turnirini bemalol xalqaro musobaqa deb aytishim mumkin. CHunki, tezkor shaxmat bahslarida Franciya, Qozog'iston va Misrdan tashrif buyurgan grossmeysterlar ham bellashadilar. O'zbekistondan ham kuchli grossmeysterlar taklif etilgan. Ushbu turnir 17 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

13-16 dekabr kunlari bo'lib o'tgan bahslar esa 16 yoshgacha bo'lgan bolalar ishtirok etdilar.

Turnir tashkiliy tomonlama o'tgan yilgiga qaraganda ancha o'sishga erishdi. Boshqa viloyatlardan ham sportchilarni taklif qila oldik. CHet ellik grossmeysterlarni ham taklif qildik.



Buning uchun, hamkorlarimizga alohida minnatdorchilik bildirib o'tishimiz kerak. CHunki, ularning yordamisiz buni amalga oshira olmasdik. Turnir bosh homiysi "Venkon Group" kompaniyasiga, shuningdek La’core, Fiori va Ideal kabi hamkorlarimizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Nasib qilsa, ushbu turnir keyingi yili to'liq xalqaro turnirga aylanadi.

17 dekabr kungi turnirda qozog'istonlik Murtas Kajgaliev, misrlik Sami SHoker, Gulruhbegim Tohirjonova, Saidali Yuldashev, Vladimir Egin kabi kuchli shaxmatchilarimiz qatnashadilar.

Undan tashqari, O'zbekiston tadbirkorlari uchun 10ta joy ajratganmiz. Qolaversa, "Sky Chess" maktabining kuchli shaxmatchilari, shuningdek, o'smirlar turnirining kuchli o'nligiga kirgan sportchilar, undan tashqari ro'yxatdan o'tishga ulgurgan 40 nafar shaxmatchi ham ishtirok etishi mumkin. Ular "Poytaxt" biznes markazining sakkizinchi qavatida joylashgan "Sky Chess" maktabida ro'yxatga o'tishlari mumkin", - dedi Hulkar Tohirjonova.

Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing