15 sen 17:30
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" "Ak Bars" tarbiyalanuvchisini o'z safiga qo'shib oldi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi tarkibni yangilashda davom etmoqda.
Markaziy hujumchi Aleksandr Zaycev endilikda "qanotililar" uchun o'ynaydi. Xokkeychi 2000 yil 22 dekabr kuni Rossiyaning Qozon shahrida tug'ilgan. U "Ak Bars" klubi tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumni "Neftyanik" jamoasi bilan VXLda o'tkazgan. Muntazam chempionat doirasida umumiy 108 ta o'yin o'tkazib, 29 (10+19) ochko jamg'argan.
Aleksandr Zaycev "Humo" tarkibida 43-raqamda o'ynaydi.
Malumot uchun, "Humo" Qozog'iston ochiq chempionatining ortda qolgan to'rtta turidan so'ng 8 ochko bilan musobaqa peshqadami bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : hchumo.uz
Fikrlar