15 dek 09:11
Yangiliklar
"Humo Arena"ga xokkey qaytdi: "Binokor" - "Toshkent" o'rtoqlik uchrashuvidan FOTOGALEREYA
Uchrashuv muz maydonining malum bir qismida o'tkazildi. O'yinda 10-5 hisobi bilan “Binokor” g'alaba qozondi.
“Toshkent” klubi bosh murabbiyi Sarvar Asqarxo'jaevning takidlashicha, mag'lubiyat uni ranjitgani yo'q.
Muhimi, bolalarda ishtiyoqning so'nmayotgani. O'yinga chanqoqligi. Ilk bor haqiqiy maydonda kuch sinashgan bolalar ustozlari yordamida mag'lubiyat sababi, kamchiliklarini muhokama qilishadi.
Xatolardan qutilish yo'llarini izlashadi. Bu esa keyingi uchrashuvlarda asqotishi tabiiy.
Poytaxtda 5 ta bolalar xokkey klubi: “Toshkent”, “Binokor”, “Semurg'”, “Xumo”, “Snejniy bars” faoliyat yuritmoqda. Ular o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar