So’nggi yangiliklar

19:10Том Аспиналлни UFC'дан ҳайдаш таклиф қилинди 0 18:45Ямал "Реал" ҳақида айтган гапларидан афсусда эмас 0 18:18Жаҳонгир Зокиров: "Zuffa Boxing"даги асосий рақиблар Иван Дичко ва Энди Круз!" 0 17:50Мария Тимофееванинг Уимблдон иккинчи даврасидаги рақиби маълум бўлди 0 17:23Исроил Мадримов Жарон Эннисни жангга чорлади 0 16:52"Пахтакор" польшалик ҳужумчи билан хайрлашди 0 16:17Фазлиддин Ғоибназаров фаолиятини якунладими? Боксчининг ўзи бунга жавоб берди 0 15:49Нурсултон Рўзибоев футболчиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштирокига муносабат билдирди 0 15:08Mangu 4 турнирининг санаси ниҳоят эълон қилинди 0 14:25ЖЧ-2026`ни тарк этган яна бир мураббий ишдан кетди 0 13:49Раҳимова Уимблдон жуфтлик мусобақасида ҳам иштирок этади. Рақиб маълум! 0 13:14Янгиланган The Ring рейтингида Исроил Мадримов нечанчи ўринда қайд этилди? 0 12:36Хейнига мажбурий даъвогар билан музокара учун 20 кун муҳлат берилди 0 11:53Франция терма жамоаси ЖЧ тарихида рекорд ўрнатди 0 11:22Йен Мачадо Гэрри Махачевни нечанчи раундда "финиш" қилишини айтди 0

07 fev 20:46
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" "Arlan" bilan ilk safar o'yinida bullitlar seriyasida g'olib bo'ldi!

Teglar :  HumoArlan
Xokkey bo'yicha Qozog'iston ochiq chempionatining navbatdagi turi ham "Humo" jamoasi uchun yakunlandi.

Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston Pro Ligasidagi 43-o'yinini Kokshetau shahrining "Arlan" jamoasiga qarshi o'tkazdi. Jamoalar o'rtasidagi uchinchi uchrashuv 1:2 hisobida bullitlar seriyasida vakillarimiz foydasiga hal bo'ldi.

Bugungi o'yindan so'ng ikkinchi o'rinda borayotgan vakillarimiz va uchinchi o'rindagi "Nomad" jamoasi orasidagi farq uch ochkoni tashkil etmoqda. Birinchi o'rindagi "Sariarka"dan esa 16 ochko ortdamiz.

"Qanotlilar" navbatdagi o'yin doirasida ertaga "Arlan"ga qarshi so'nggi o'yinida muzga chiqadi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Qayd etish lozim, mazkur o'yin "Humo" uchun muntazam chempionat doirasidagi so'nggisi bo'ladi. SHundan so'ng vakillarimiz pley-offdagi yurishini boshlaydi.

Qozog'iston ochiq chempionati. 43-tur

"Arlan" - "HUMO" 1:2 B (0:1, 1:0, 0:1)

7 fevral - 18:00, Kokshetau. "Burabay Arena".

Bosh hakamlar: Korovkin Andrey Yurevich, CHubenko Konstantin Vladimirovich
CHiziq hakamlari: Bortakov Aleksandr Arturovich, Mashenkin Vladislav Mixaylovich

Gollar: 0:1 - Vadim Kravchenko 3 B, 1:1 - Vladislav Dyukarev 33 B.

"Arlan": (34) Ilyas Gafiullin, (29) Ruslan Ibraev, (99) Madiyar Ibraybekov, (33) Eduard Mixaylov, (91) Kirill Poloxov, (5) Ivan Stepanenko (A), (69) Fyodor Xoroshev, (97) Dmitriy-Djunior Yushkevich, (88) Danila Larionovs, (84) Yusup Asuxanov, (49) Dmitriy Grenc, (70) Vladislav Dyukarev, (18) Daniil Jarkov, (89) Aleksey Zubov, (22) Danila Karaban (A), (93) Aleksey Klochkov, (92) Vyacheslav Kolesnikov, (17) Artyom Lixotnikov (K), (71) Aleksandr Menshhikov, (81) Vasiliy Moskalev, (95) Dmitriy Presnov.

"HUMO": (29) Damir SHaymardanov, (59) Stanislav Borovikov (A), (3) Aleksandr Dryagilev, (39) Nikita Zimin, (88) Daniel Kogan, (28) Daniil Kurashov, (35) Evgeniy Sulimov, (51) Stanislav Tunxuzin (K), (23) Vadim CHebotarev, (19) Dmitriy Arxipov, (82) Artyom Valeev, (94) Egor Dorofeev, (64) Vladimir Juravlev, (7) Vadim Kravchenko, (66) Javoxir Rasulov, (45) Anton Rextin (A), (22) Pavel Sinyavskiy, (26) Ivan Fishhenko, (89) Aleksey Cyplakov, (17) Timur SHingareev, (55) Denis SHurakov.

Ogohlantirishlar: Ruslan Ibraev (2), Ivan Fishenko (7), Nikita Zimin (13), Anton Rextin (32), Pavel Sinyavskiy (42), Ivan Stepanenko (42).

Reyting:    

Fikrlar

   
08 fev 12:03:47
Boks
Pley of nima uchun boladi adminla yanada kottaro musobaqaga chiqish uchunmi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing