So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

28 jan 08:48
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" - "Arlan" uchrashuvi taqdirini bullitlar seriyasi hal qildi

Teglar :  HumoArlan
Xokkey bo'yicha Qozog'iston chempionati doirasida "Humo" va "Arlan" jamoalari o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bir kun avval o'tkazilgan ilk uchrashuvda "Humo" 4:3 hisobida g'alaba qozongandi. Kechagi o'yinda "qanotlilar" 0:2 hisobida ortda bora turib, kambekka erishishdi. Ammo o'yin yakunlanishiga bir daqiqadan sal ko'proq vaqt qolgan bir paytda "bo'rilar" hisobni tenglashtirishdi - 3:3! 

Besh daqiqadan iborat overtaymda hisob o'zgarmadi. Bullitlar seriyasida esa omad mehmonlarga kulib boqdi. "Arlan"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoluvli shayba muallifi Stepan Sannikov bullitlar seriyasida ham o'zini ko'rsatib, uchrashuv qahramoniga aylandi. 

Bu ikki jamoa turnir jadvalida yonma-yon joylashgan. "Humo" 54 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, uchinchi pog'onadagi "Arlan" hisobidagi ochkolari 51 taga etdi. "Torpedo" klubi 56 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 

"Humo" klubi navbatdagi ikki uchrashuvni ham o'z muxlislari ko'z o'ngida o'tkazadi. 31 yanvar va 1 fevral kunlari "Humo Arena"da 8-o'rinda borayotgan "Nomad" klubi mehmon bo'ladi. Aynan mana shu ikki o'yin bilan Qozog'iston chempionati yakunlanib, pley-off bosqich bahslariga start beriladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing