So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

10 mar 11:25
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" - "Beybaris". Yarim final oldidan o'yinga oid qiziqarli faktlar

Teglar :  HumoBeybaris
Ertaga "Humo" xokkey klubi yarim final doirasida "Beybaris"ga qarshi o'yinlar seriyasini boshlaydi.

Xabaringiz bor, Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston Ochiq chempionatida ishtirok etmoqda.

Jamoa muntazam chempionatni ikkinchi o'rinda yakunlab, pley-offga yo'l olgandi. 22 fevral kuni "qanotlilar" chorak final doirasida "Gornyak" jamoasini to'rt o'yin natijasiga ko'ra mag'lub etib, yarim final masalasini hal etgan edi.


Ertaga "qanotlilar" yarim final doirasida "Beybaris" jamoasiga qarshi uy o'yinlarini boshlaydi. Ushbu uchrashuvga oid qiziqarli faktlar bilan tanishtiramiz:

— "Humo" (muntazam chempionatda 2) – "Beybaris" (muntazam chempionatda 3)

— Ushbu jamoalar o'rtasida muntazam chempionatda o'tkazilgan uchrashuvlar: 4:7, 5:2, 1:2 B, 5:4 B.

— O'zaro o'yinlarning eng yaxshi to'purari: Aleksey Kirillov ("Humo", 1+3) - Artyom Burdelev va Aleksandr Vorobyov ("Beyberis", ikkalasi 3+1).

— Pley-offda urilgan/o'tkazib yuborilgan gollar: 12/6 - 15/10.

— Pley-offning eng yaxshi to'purari: Artyom Valeev (3+1) - Dmitriy Mixaylov (3+3).

— Pley-offning ilk bosqichida "Humo" to'rtta o'yin natijasiga ko'ra "Gornyak Rudniy"dan ustun keldi. "Beybaris" esa yarim final yo'lida o'z qo'shnilari "Aktobe"ni beshta o'yin hisobiga mag'lub etdi.

— Mavsumda "Humo" va "Beybaris" o'rtasidagi to'rtta uchrashuvning ikkitasi bullitlar seriyasi bilan yakunlangan.

— Bo'lajak qarama-qarshilikni darvozabonlar dueli deyish mumkin. Roman Smiryagin to'rtta pley-off uchrashuvida atigi oltita gol o'tkazib yubordi (har bir o'yinda o'rtacha 1,4), u zarbalarning 95,5 foizini qaytargan. "Humo" hozircha pley-offning eng yaxshi himoyaviy jamoasi. "Beybaris" darvozaboni Roman Kalmikov esa "Aktobe" bilan o'yinlar seriyasida 94,5% zarbalarni qaytara olganini takidlash lozim.

*Malumot uchun, "Humo" — "Beybaris" uchrashuvi 11 mart kuni 19:30 da start oladi. CHiptalarni iticket.uz sayti orqali harid qilishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing