08 noy 10:38
Yangiliklar
“Humo” bosh murabbiyi 1:7 hisobidagi mag'lubiyatga izoh berdi
Evgeniy Popixin shogirdlari “Dizel” klubiga kutilmaganda yirik 1:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishgan edi. Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Humo” bosh murabbiyi mag'lubiyatga shunday izoh berdi.
— Avvalo, “Dizel” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda muz egalari tezkor va shu bilan birga tajovuzkor o'yin namoyish etishdi. Ikkinchi bo'limda esa aksincha biz tashabbusga ega bo'ldik va hisobda oldinga chiqib oldik. Keyin esa chetlatish va buning natijasida darvozamizdan ikkita gol o'tkazib yubordik. SHuncha yillik murabbiylik faoliyatimda ilk bor shunday holatga duch keldim. Bu yaxshilik qo'ng'irog'i emas. Ishlashda davom etamiz va mag'lubiyatni tahlil qilamiz, - dedi Popixin.
Fikrlar