So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

02 dek 16:09
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" bosh murabbiyi: 1:7ga 7:1 bilan javob qaytardik! (+VIDEO)

"Humo" jamoasi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin kechagi chiroyli g'alabadan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida savollarga javob berdi.

Xabaringiz bor, kecha poytaxtlik xokkeychilar Oliy xokkey ligasining navbatdagi turida Rossiyaning "Dizel" klubini yirik 7:1 hisobida dog'da qoldirishgan edi. Bu jamoalarning Rossiyada o'tgan ilk o'yinida "Dizel" 7:1 hisobida zafar quchgandi. 

- Kecha aynan 1:7 hisobida yutqazgan o'yinimizni tomosha qildik. O'sha uchrashuvda juda og'ir mag'lubiyatni qabul qilib olgandik. O'zi aslida men mag'lubiyatga uchrashni yoqtirmayman. Ayniqsa, bu kabi yirik hisoblarda yurakda qolib ketadi. Uni uzoq muddat chiqarib yubora olmaysiz. Yigitlarga o'tkazib yuborilgan gollarni qayta ko'rsatdik. Xulosa chiqarishlarini aytdik. Bugun esa ajoyib o'yin va yakundagi natija bilan mag'lubiyatga munosib javob qaytara oldik. Muhimi, revansh olindi. Uchrashuvga ruhiy tayyorgarlik yuqori bo'ldi. Lekin birinchi bo'limda yigitlar ancha qiynalishdi. Tarkibimizda muammolar etarli edi. Ikki hafta muzga chiqmagan Artyom Voronin safga qaytdi va o'zini ijobiy tomondan ko'rsatdi. Yigitlar Toshkentni yaxshi ko'rishadi va shu shahar hamda muxlislar uchun o'ynashadi.  

- Qarzingizni uzdinglar. Agar statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, o'yin teng o'tgani oydinlashadi. Bugun ayniqsa, uchinchi va to'rtinchi zvenolar juda yaxshi o'ynadi. Aynan shu zveno xokkeychilari kiritilgan 7 ta goldan 4 tasiga mualliflik qilishdi. Muvaffaqiyatning siri ham shu ikki zvenoning o'yini qovushganidami?

- Bu yigitlar bilan har kuni ishlaymiz. Kundan-kunga ular qo'shib borishyapti. Yoshlardan tezroq kattalarga qo'shilib o'ynab ketishlarini so'rayman. Ular tezroq o'rganib, o'zlashtirib olishlari shart. Katta sport yosh xokkeychilarning ulg'ayishini kutib o'tirmaydi. MXL va VXL o'rtasida katta farq bor. Bizda xatolar kechirilmaydi, aksincha shavqatsiz tarzda jazolanadi. Agar jamoa pley-offda o'ynashni istasa, har bir o'yinchi bu maqsad yo'lida birlashishi shart. O'ziga nisbatan bo'lgan masuliyatni oshirishi lozim. Sen 16 yoshmisan yoki 17, buning ahamiyati yo'q. 


- Oldindan qarshi hujumda o'ynash taktikasi tanlanganmidi yoki bu fikrga o'yin payti keldingizmi?

- Bugun biz kuchli raqibga qarshi o'yin o'tkazdik. "Dizel" ishtirokidagi o'yinlar natijasiga etibor qarating. Ularda bizda bo'lgani kabi yoshlar yo'q. Hammasi tajribali va nomdor xokkeychilar. Bunday jamoaga qarshi hujumkor o'yin taktikasini tanlasak, yigitlar uchrashuvning yarmiga bormay jismoniy tomondan toliqib qolishardi. Asosiy vazifamiz himoyada ishonchli o'ynab, o'rta zonada hukmronlik o'rnatish edi. Bunga erishdik ham. Pashka Sinyavskiy, Sashka SHerbina, Vanka Yacenko va yoshlarimiz gavda jihatdan mehmonlarga yaxshigina yon berishadi.  

- SHerbina extiyotkor harakat qildi. Aftidan u hali jarohatidan to'liq forig' bo'lmagan ko'rinadi. Bu borada qanday fikrdasiz?

- To'g'risini aytganda, u yana uch hafta davolanishi kerak edi. Lekin u har kuni yonimga kelib, bir gapni aytadi: "Evgeniy Nikolaevich, men o'ynashni xohlayman". Men esa unga shunday javob qaytaraman: "Bo'ldi, meni tinch qo'y, seni tarkibga kiritaman. Unda ishtiyoq juda kuchli". 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing