So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

16 noy 08:16
Yangiliklar

Xokkey

“Humo” bosh murabbiyi: “Biz uchun pley-off mavsumning ilk o'yinidayoq boshlangandi”

Teglar :  XokkeyVXLHumo
Xabar berganimizdek, kecha oqshom Toshkentning “Humo” jamoasi Oliy xokkey ligasi (VXL) doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazgandi.

Muhtasham “Humo Arenada”, olti yarim mingga yaqin muxlis ko'z o'ngida o'tgan bahsda xokkeychilarimiz Pekinning “ORDJI” klubidan 5:2 hisobida ustun kelishdi. Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Humo” klubi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Yigitlarga katta rahmat! Ular bugun ajoyib o'yin namoyish etishdi. Uchrashuv qiyin bo'lishini, lekin shu bilan birga uyda devorlar ham yordam berishini bilgandik. Bizda yagona maqsad bor edi – g'alaba! Xokkeychilarimiz bu vazifani uddalashdi. Albatta, besh daqiqalik chetlatish yaxshi bo'lmadi. Bunday holatlarga yo'l qo'ymaslik kerak. Eng muhimi, ikki ochkoni qo'lga kiritdik va yurishni davom ettiramiz. 

- Ajoyib o'yin va o'ylashimcha, “Humo Arena”dagi eng chiroyli uchrashuvga guvoh bo'ldik. Uchchala zveno ham yaxshi o'ynadi. “Humo Arena”ning jamoamizga g'alaba keltirishda muhim omil bo'layotganiga va bundan keyin ham zafarli yurish davom etishiga ishonsak bo'ladimi? 

- Biz g'alaba qozonish uchun hamma ishni qilamiz. Lekin o'yindan o'yinning farqi bo'ladi. Mana Samaradagi o'yinda ustunlikka ega bo'la turib, g'alaba qozona olmadik. Biz uyda o'ynaymizmi, safardami, buning ahamiyati yo'q. Muzga yagona maqsad – g'alaba ilinjida tushamiz. Boshqa yo'limiz yo'q! Biz uchun pley-off mavsumning ilk o'yinidayoq boshlangandi. SHu o'rinda “ORDJI” jamoasi haqida juda iliq fikrlarni aytgan bo'lardim. 

- Birinchi bo'limda Valuyskiy porladi. Nafaqat o'z goli bilan, balki assistenligi bilan ham yodda qoldi...

- Darvoqe, Valuyskiyning oilasi Toshkentga keldi. Rafiqasi va shiringina qizchasi endi uning yonida. SHu sababdan ham unga o'yin oldidan aytdim: sen bugun yomon o'ynay olmaysan!” 

Reyting:    

Fikrlar

   
16 noy 14:17:33
Сурхон Барлос
Ҳаммани хоккейга таклиф қиламан ҳам хоккей ҳам хоккейчилар иштирокидаги бокс томоша қиласиз. Дарвоқе энг арзон чипта нархи қанча экана?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing