So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

20 noy 09:07
Yangiliklar

Xokkey

“Humo” bosh murabbiyi: Bizga “killerlik xislati” etishmayapti

Xabar berganimizdek, kecha Toshkentning “Humo” klubi Oliy xokkey ligasining navbatdagi turi doirasida g'alabaga erishgandi.

“Humo Arena”da o'tgan uchrashuvda xokkeychilarimiz Xitoyning “Ceng Tou” jamoasini 4:2 hisobida mag'lub etishgan edi. O'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Evgeniy Popixin savollarga javob qaytardi. 

- Biz bu uchrashuvga “Ceng Tou”ning “Ximik”ka qarshi o'tkazgan o'yinini o'rganish orqali tayyorgarlik ko'rdik, - deya so'z boshladi "Humo" ustozi. - Bizdan avval o'tkazilgan o'sha uchrashuvda “Ceng Tou” haqli tarzda g'alaba qozongandi. Tan olish kerak, bugungi bahsning birinchi bo'limida mehmonlar bizga qaraganda tezkor o'yin namoyish etishdi. Roman Smiryagin raqib hujumlarini bartaraf etib, jamoamizni muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Ikkinchi bo'limda tashabbusni o'z tomonimizga og'dirib oldik va buning natijasida 3:0 hisobida oldinga chiqdik. Kanadaliklarda shunday ibora bor - killerlik instinkti! Aynan shu jihat etishmayapti. Ha, ko'p vaziyatlarda raqibga tashabbusni topshirib qo'ydik, raqiblar bu tuhfadan foydalanib ketishlariga bir bahya qoldi. Eng muhimi, ikki ochkoni qo'lga kiritdik. Ishlashda, o'rganishda davom etamiz. Tarkibimizda yoshlar juda ko'p. Bugun himoyada Letov, Gavrilenko singari yoshlarimiz harakat qilishdi. Tan olish kerak, xatolari ko'p bo'ldi. Yaxshiyam baxtimizga darvozabonimiz bu xatolarni o'z vaqtida to'g'rilab turdi. 

- Bugun do'ppi kimga nasib qildi?

- Pasha Sinyavskiyni uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topdik. Uning qanday o'ynaganini hamma ko'rdi. Darvozani ishg'ol qilish barobarida ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi. SHu sababdan ham bugun do'ppini Pashaga topshirdik. Endi Xitoy safariga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Safga qaytgan jamoa sardori Aleksandr SHerbinaning bugungi o'yiniga qanday baho berasiz?

- Unga oson bo'lmasligini bilardim. SHu bois ham uni Pasha Zdunovga yordam berishi uchun ikkinchi zvenoga o'tkazdim. Zdunov ham bugun so'nggi daqiqada bo'sh qolgan darvozaga muhim golni urdi. Hali qiladigan ishlarimiz ko'p. SHerbinaning sport formasi xuddi mavsum avvalida bo'lgani kabi hali talab darajasida emas. Unga vaqt kerak. Ammo, boshqa tomondan bugun sardor muzga chiqdi, jamoa esa g'alaba qozondi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing