So’nggi yangiliklar

09:48SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 старт олди. Абдусатторов илк кунги 3 та партияда қандай натижа қайд этди? 0 09:16Бельгия мураббийи Сенегал билан ўйинда жамоа қандай қилиб камбэк қилганини тушунтирди 0 08:48Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади 0 08:02Султонов Германияда муваффақиятли старт олди, у рақибини "сухой"га ютди 0 19:10Том Аспиналлни UFC'дан ҳайдаш таклиф қилинди 0 18:45Ямал "Реал" ҳақида айтган гапларидан афсусда эмас 0 18:18Жаҳонгир Зокиров: "Zuffa Boxing"даги асосий рақиблар Иван Дичко ва Энди Круз!" 0 17:50Мария Тимофееванинг Уимблдон иккинчи даврасидаги рақиби маълум бўлди 0 17:23Исроил Мадримов Жарон Эннисни жангга чорлади 0 16:52"Пахтакор" польшалик ҳужумчи билан хайрлашди 0 16:17Фазлиддин Ғоибназаров фаолиятини якунладими? Боксчининг ўзи бунга жавоб берди 0 15:49Нурсултон Рўзибоев футболчиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштирокига муносабат билдирди 0 15:08Mangu 4 турнирининг санаси ниҳоят эълон қилинди 0 14:25ЖЧ-2026`ни тарк этган яна бир мураббий ишдан кетди 0 13:49Раҳимова Уимблдон жуфтлик мусобақасида ҳам иштирок этади. Рақиб маълум! 0

08 okt 00:51
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin: G'alaba qozonishimiz shart edi

"Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin "Ermak"ka qarshi o'yindan so'ng (5:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Eng avvalo Samvel Mnacyanning oilasiga taziyamni bildirmoqchiman (Mnacyan kuni kecha saratondan vafot etgan rossiyalik xokkeychi - Olamsport.com). Men u bilan birga ishlaganman. Ajoyib yigit, ajoyib xokkeychi edi. Sen ular bilan birga ishlagansan, ular esa bu dunyonni tark etishadi. "Lokomotiv" joy olgan samolyot portlaganda ham shunday bo'lgandi. Men u erda ishlaganman, o'sha yigitlarning besh nafari terma jamoada o'ynardi. Mana shunday ajoyib yigitlarni yo'qotganingda... Ularni joyi jannatdan bo'lsin. 

O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, xokkeychilarimizga barakalla. Ikkita mag'lubiyatdan so'ng boshqa choramiz yo'q edi. O'z uyimizda, ayniqsa shunday muxlislikdan so'ng. G'alaba qozonishimiz shart edi, yigitlar buni bajarishdi. Bizda yana ko'plab vaziyatlar bo'ldi, ammo raqiblar darvozaboni juda yaxshi harakat qildi. Kuchli istak va o'yin bo'yicha yigitlarga gap yo'q. 

-"Humo"da original vaziyat yuz berdi. Ikki hujumchi bo'sh darvozaga ketishayotgandi. Zdunov o'sha holatda o'zi gol kiritishi mumkin edi, ammo Voroninga shaybani oshirdi. Nima uchun?

-Aytishim mumkinki, yigitlarda bir-biriga bo'lgan hurmat yuqori. Jamoaviy birdamlik bor. Mana shunday holatlarning bo'lib turishi yoqimli. Bu jamoaviy rux, uni yanada kuchaytirishimiz lozim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing