So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

16 okt 07:17
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin g'alabadan so'ng nimalar dedi?

"Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin "SKA-Neva"ga qarshi o'yindan so'ng (4:3) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin qiyin o'tdi. Biz uchrashuvni yomon boshladik, tashabbus to'lig'icha raqib tomonda bo'ldi. Birinchi period faqatgina bitta shayba bilan yakunlangani yaxshi bo'ldi. Kiyinish xonasida jiddiy suhbat bo'ldi. Yigitlar unda diqqat bilan eshitishdi va kayfiyatni ko'tarishdi. Ikkinchi periodda esa harakat, o'yin va vaziyatlar paydo bo'ldi. Ammo "SKA-Neva"da baribir ochkolar ko'p, birinchi o'rinda ketishmoqda... Bizda esa ochko etmayapti. SHu sababli, Barri Smitning aytganidek "Xokkey Xudosi bizga yordam berdi". Xarakter ko'rsatib, oxirigacha kurashishgani uchun yigitlarga rahmat".


-Evgeniy Grigorenko sobiq jamoasiga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. 

-O'ylaymanki, sen sobiq jamoangga qarshi o'ynaganingda doimo boshqacha kayfiyat bilan chiqasan. U o'tgan mavsumda shu erda edi. O'zi istaganichalik o'yin amaliyotiga ega bo'la olmadi. U bugun o'zini ko'rsatdi, ikkita gol kiritdi, sekin-sekin o'sib bormoqda. Xudo xohlasa o'zini tiklab oladi. U iqtidorli yigit. Unda istedod bor, asosiyni - o'sha istedodni namoyon eta olishdir. U ulg'aydi, uylandi, farzandli bo'ldi. Oilani yaxshi boqish lozimligini tushunishi lozim. Buning uchun esa yaxshi o'ynash kerak. 


-Konstantin Kurashev ("SKA-Neva" murabbiyi - olamsport.com) yaqinda siz sabab murabbiylik faoliyatini boshlagani haqida gapirgandi. Ushbu uchrashuv siz uchun qay darajada ahamiyatga ega?

-Bu albatta ajoyib. Kostya ikkimiz SHveycariyada xokkeyni ko'targandik. Biz haqimizda kam yozishadi, ammo ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, biz katta ishni amalga oshirganmiz. Ertalab 8 dan kechki 10 gacha ishlardik, tushlik uchun uyga borardik. Biz qattiq ishlagandik o'shanda. Davosda bizni yaxshi ko'rishardi, qadrlashardi. Ketganimizda odamlar, o'yinchilar afsuslanishdi. Konstantin qoldi va bu ishni davom ettirdi. Yaxshi ishladi. Uning ko'p shogirdlari hozir NLA (SHveycariya asosiy ligasi) va NXL da o'ynamoqda. SHunchaki u kamtar yigit va bu haqida har doim ham gapiravermaydi. Ammo, u katta hajmdagi ishni amalga oshirgan. Biz u erda ishlaganimiz - shveycariyaliklarning omadi desak ham bo'ladi. 

"Humo" matbuot xizmati


Reyting: +1   

Fikrlar

   
16 okt 08:55:16
Khaydarov Ali
Ясно как они победили...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing