So’nggi yangiliklar

15:40"Иккимиздан биримиз ўлишимиз керак". Жош Хокит Перейрани жангга чорлади 0 15:13Тайсон Фьюри: "Илк спаррингимдаёқ отамнинг учта қовурғасини синдириб қўйганман" 0 14:48Мераб Двалишвили: "Мен учун энг муҳими — Янни мағлуб этиш, камар эса иккинчи даражали" 0 14:09Президент қарори билан стадионларнинг фойдаланиш мақсадларини ўзгартириш тақиқланган. Бу "Тўқимачи" стадионига тааллуқли эмасми? 0 13:42Мадримовнинг вазнидаги Себастьян Фундорага мажбрий чемпионлик ҳимояси белгиланди 0 13:17Магнус Карлсенни мағлуб этиб шунчаки ухлашга ётган 15 ёшли ўсмир! 0 12:51Нурмагомедов нима учун унинг бурчагида Махачев бўлмаслигини изоҳлади 0 12:26МЮ "Реал" футболчининг трансферига 50 миллион беришга тайёр 0 11:46Том Аспиналл UFCдан кетиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 11:00"Конор Макгрегорга трэш-токни мен ўргатганман" - Тайсон Фьюри 0 10:12Кевин Холланд UFC`да миллионер жангчи эканлигини рад этди 0 09:44Бугун ўсмирларимиз Испанияга қарши баҳс олиб боради 0 09:18Фьюри Нганну ва Уайлдернинг зарба кучини солиштирди 0 08:53Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси тантанали кутиб олинди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:26Нурмагомедов Ядонг билан жанг олдидан ҳозирги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0

10 okt 14:52
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin: Xokkeychilarimizda xarakter bor, ammo mahorat etishmayapti

"Humo" bosh murabbiyi Evegiy Popixin "Sokol"ga qarshi o'yindan so'ng (2:3) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hamkasbimni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, agar sen ikkinchi periodga 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan chiqadigan bo'lsang, barchasini hal qilib qo'yish lozim. Sen urmasang, senga urishadi. Bu xokkey qonuni. Uchinchi periodda esa keraksiz chetlatishlar ko'p bo'ldi. Nohaq chetlatishlar o'yinni sindirdi, yakunda ochkosiz qoldik. Oxirigacha kurashdik, o'yinni o'z foydamizga hal qilishimiz lozim edi. Xarakter bor, ammo ko'p o'yinchilarda mahorat etishmayapti. SHuningdek, kuch va sabr etmayapti. Yigitlar yosh, ular bitta o'yinda yaxshi o'ynab, ketma-ket yutqazishlari mumkin. Hozircha ular ruxan tayyor emas, ishlashda davom etamiz", - dedi Popixin o'yin haqida.


-Birinchi period oxiri va ikkinchi period boshida o'zgarishlar ko'zga tashlandi, jamoa xato qilishni va shaybani raqibga berib yuborishni boshladi. Bu nima bilan bog'liq?

-Ko'p o'yinchilarimiz yuqori ligada o'ynamagan. Ko'rib turganingizdek, birinchi zveno yaqqol ajralib turibdi, keyin esa ularni to'ldiradigan o'yinchilar kam. Yigitlar harakat qilishmoqda, jon kuydirishmoqda. Ularda raqibdan g'alabani yulib olish saviyasi yo'q hozircha. Raqib masalan o'tgan yili pley-offda o'ynagan va yaxshi jipslashgan. Bu erda shunchaki g'alaba qozonish oson emas, sabr qilish va chidash lozim. Bizda esa sabr chidamadi. 


-Oldinda qiyin safar o'yinlari turibdi, ushbu o'yinlardan nima kutsak va nimadan umid qilsak bo'ladi?

-Har bir o'yinga tayyorlanish lozim. Hozir bizga ochko zarur. Kimga qarshi o'ynashning ahamiyati yo'q, muzga chiqish va g'alaba qozonish lozim. Har bir o'yinga yigitlarni tayyorlash kerak. O'rganish va yana o'rganish shart. Jamoa hali ko'p narsani o'rganishi kerak. 

Mana Evgeniy Grigorenko yaxshi o'yinchi. Ammo, avval xech qachon etakchi sifatida o'ynamagan. Hozir esa u jamoamiz etakchisi, jamoada ko'p narsa unga bog'liq. Etakchi bo'lish va jamoani o'z ortidan ergashtirish oson emas. NXLda Kovalchuk, Dactyuk, Makdevid kabi o'yinchilarni ko'ring. 22-23 yoshli xokkeychilar jamoani kuchaytirmoqda. Uning ham vaqti kelgan, shunchaki bunday holatga u avval tushmagan. Tezroq o'rganib, etakchilikni qo'lga olish lozim. Pasha Zdunov uchun ham xursandman. Hali yigitlar o'zlari uchun kerakli darajaga chiqib olishgani yo'q. 


-Siz dastlabki to'rtlik qolganlardan ajralib turibdi deb aytdingiz. O'yin oxirida xokkeychilarni almashtirib tashladingiz. 

-Bir necha himoyachilarni almashtirdim. Masalan bugun Tatalinning o'yini qovushmadi, o'rniga Merejkoni qo'ydik. O'yindan kelib chiqib, tarkibni o'zgartirdik. Agar stabil o'yin ko'rsatsak katta o'zgarishlar shart bo'lmaydi. Bu borada doimiy ish olib borish lozim. Agar yaxshi beshlik bo'lsa, murabbiy bemalol ishlaydi. Hozircha esa bizda bu amalga oshmayapti. Xech qisi yo'q, ishlashda davom etamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing