27 dek 13:42
Yangiliklar
"Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin: "Yigitlar xarakter ko'rsatishmoqda"
"Bugungi g'alabadan juda xursandman. Kuchli raqibga qarshi o'ynadik. Ajoyib xokkey, muxlislarning qo'llab-quvvatlovi, hislar, jangovar o'yin - bularning barchasini bugun ko'rdik. Xokkey sifati ajoyib. Xar ikki darvozabon ham ajoyib o'ynadi. Roma Smiryagin o'z saviyasini namoyish eta oldi. U bu erda o'ynagan va albatta g'alaba qozonishni istagandi - u uchun xursandman. Butun jamoamiz uchun xursandman. Aynan jamoaviy o'yin evaziga g'alaba qozondik.
Bogackiy VXLdagi ilk golini kiritdi, uni tabriklayman. Yosh xokkeychi hisobni ochgani juda muhim. Yigitlar bir-birlari uchun harakat qilishdi. Jamoa shakllanmoqda, yigitlar xarakter ko'rsatishmoqda, kurashishmoqda - bu meni xursand qiladi", - dedi Popixin.
Manba: "Humo" matbuot xizmati
Fikrlar