So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

27 sen 09:04
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" bosh murabbiyi kechagi g'alabadan keyin nimalar dedi?

Teglar :  Evgeniy PopixinHumo
Xabaringiz bor, kecha Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston Ochiq chempionati doirasidagi safar uchrashuvida chiroyli g'alabani qo'lga kiritgandi.

Xokkeychilarimiz Pro Hokei Ligasy'dagi oltinchi uchrashuvni Atirauda turnir jadvali etakchilaridan biri "Beybaris"ga qarshi o'tkazib, 5:2 hisobida zafar quchishdi. Ushbu g'alabadan so'ng "Humo" 6 ochko bilan 6-o'ringa ko'tarilib oldi. "Beybaris" esa mag'lubiyatdan so'ng uchinchi pog'onaga tushib qoldi.

O'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin savollarga javob qaytardi. 

- Ikkita yaxshi o'yin guvohi bo'ldik. Ajoyib raqib. Qozog'istonning eng kuchli jamoalaridan biri. Birinchi uchrashuvda o'yin teng bo'ldi. O'zimizning qo'pol xatolar evaziga alamli mag'lubiyatni sotib oldik. O'yinda intizomni ko'rmadim. Jami 20 daqiqalik jarima natijada aks etdi. Bugun esa yigitlar xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, muhim o'yinda g'alaba qozonishdi. Ishlashda davom etamiz. 


- “Humo”ning keyingi o'yinlaridan qanday natija kutsak bo'ladi?

- Liga o'yinlarini tahlil qila turib, shunga amin bo'ldimki, istalgan jamoa bir-birini mag'lub etib qo'yishi mumkin. Bu amalda ham bo'lyapti. CHempionatda o'tkinchi o'yinlar yo'q. Jamoaviy o'yin va intizomni joyiga qo'ya olsangiz, g'alaba sizniki bo'ladi. Har bir uchrashuv - bu chaqiriq. Har bitta o'yinda boshidan to serena chalingunicha oxirigacha kurashish kerak. Yutish uchun raqibga qaraganda ko'proq xohish, to'g'ri o'ynash va harakat bo'lishi lozim.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing