So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

06 dek 09:35
Yangiliklar

Xokkey

“Humo” bosh murabbiyi kechagi g'alabaning sirini ochiqladi

Teglar :  PopixinXokkeyHumo
Kecha oqshom Toshkentning “Humo” jamoasi muhtasham “Humo Arena”da Oliy xokkey ligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazgan edi.

Ushbu bahsda Evgeniy Popixin shogirdlari Samaraning “CSK VVS” klubini qabul qilib, overtaymda kiritilgan oltin gol evaziga g'alabani tantana qilgandi. Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Humo” ustozi savollarga javob qaytardi.

- Kiyinish xonasida yigitlarga eng muhimi yakunda xarakter ko'rsatish kerak, degandim, - deya so'z boshladi Popixin. - Guvohi bo'lganingizdek, raqib juda kuchli o'yin namoyish etdi. O'tgan turda ham ular Voskresenskda “Ximik”ka qarshi kechgan o'yinda har tomonlama ustunlikka ega bo'lishdi. Garchi samaraliklar g'alaba qozona olmagan bo'lsalar-da, o'z o'yinlari bilan muxlislar olqishini olishgandi. Bugun “VVS” xokkeychilari o'sha o'yindan ham kuchliroq ko'rinishdi. Ayniqsa, ikkinchi periodda hujum zonalarimizni yopib qo'yishdi. Bir tomondan omadimiz ham keldi. Raqib qulay vaziyatlarda darvozamizni ishg'ol qila olmadi. Uchinchi bo'limda gol o'tkazib yuborgan bo'lsak-da yigitlar xarakter namoyish etishdi, oxirigacha kurashishdi. Xokkeyda bu holat hamisha taqdirlangan. Keyin bugungi o'yinizda muxlislar soni ham ko'p bo'ldi. Bu ham g'alabaga o'z xissasini qo'shdi. Dahanaki janglar ham bo'ldi. Bu XXI asr o'yini. O'z o'rnida mehmon jamoa murabbiyiga minnatdorchilik bildiraman. Biz u bilan anchadan beri tanishmiz, ajoyib murabbiy va inson. 


- O'yin uchun mo'ljallangan reja qanchalik amalga oshdi? Qanday xatolaga yo'l qo'ydinglar?

- O'yin davomida uchrashuv uchun mo'ljallangan rejamizga o'zgartirish kiritdik. Ikkinchi bo'limda raqib ko'rsatgan o'yin haqiqatdan ham ular ayni paytda yuqori sport formasida ekanliklarini ko'rsatdi. Uchinchi bo'limda tartibli o'ynadik. Agar pala-partish hujumga o'tib ketganmizda, buning uchun jazolangan bo'lardik. Samaraliklar jismoniy jihatdan bizdan sezilarli ustun edilar. Maydon markazidagi ustunlik evaziga o'yinni tenglashtirib oldik. 


- Roman Smiryaginning o'yini va bugungi holati haqida qanday fikrdasiz? 

- Xokkeychi jarohat olgan yoki kasal bo'lib qolgan holatlarda ular bilan individual suhbatlashaman. Yuz foiz o'yinga tayyor bo'lsagina muzga chiqishiga ruxsat beraman. Agar 75 foizga tayyorman desa ham, xokkeychini tarkibga kiritmayman. Smiryagin bugun o'ynadi va biz g'alaba qozondik! 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing