So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

17 jan 09:51
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" bosh murabbiyi kechagi mag'lubiyat sabablarini izholadi

Toshkentning "Humo" xokkey klubi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin "Ximik"ka qarshi kechgan o'yindagi mag'lubiyat (2:4) sabablarini izohladi.

Xabar berganimizdek, kecha oqshom "Humo" Oliy xokkey ligasining navbatdagi turida Moskva viloyatining "Ximik" klubi mehmoni bo'lib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "Humo" ustozi savollarga javob berdi. 

- "Ximik"ni g'alaba bilan tabriklayman, - deya so'z boshladi E.Popixin. - O'yinni juda yaxshi boshlagan edik. Lekin ketma-ket ikkita juda qulay, golga tortadigan vaziyatda Voroninga sovuqqonlik etishmadi. Ikkita vaziyat ko'kka sovurildi. Natijada xokkeyning oltin qoidasi ishga tushdi. Mezbonlar ketma-ket uch bor darvozamizni ishg'ol qilishdi. Yaxshiyam uchta goldan keyin "sochilib" ketmadik. Yigitlar xarakter ko'rsatishga urinishdi. Birinchi javob shaybasi kiritildi. Ikkinchi bo'limda ustunlikka erishdik. Ammo, vaziyatlardan foydalanish bugungi o'yinda "nol"ga teng bo'ldi. Yacenkoning o'zi ikkita yuz foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi. O'tkazib yuborilgan to'rtinchi shayba esa bizni "dafn" etdi.   

 

- "Humo" keyingi o'yinlarini "Zvezda", "Tambov", "Buran" va "Rostov"ga qarshi o'tkazadi. Bo'lajak safar o'yinlaridan nima kutyapsiz?

- Biz har bir o'yinga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. Hozir pley-off uchun kurash ketyapti. Bu esa oxirigacha davom etadi. Har bir o'yinda xuddi oxirgi final uchrashuviga chiqqandek harakat qilishimiz shart. Bunday muhim o'yinlarda etakchilar, tajribali xokkeychilar katta masuliyatni o'zlariga olishlari kerak. Bu o'yinchilar biz murabbiylarga ko'makchi bo'lishlari lozim. Siz sanab o'tgan klublarga qarshi kechadigan o'yinlarimizning natijasi etakchilarimizning harakati va o'yiniga bog'liq bo'ladi. 


- Birinchi bo'lim so'nggida darvozabon almashtirildi. Bu sizning qaroringizmi? 

- Ha, kimni almashtirishni men hal qilaman. Lekin bu almashtirilish Smiryagin yomon o'ynagani uchun amalga oshirildi degani emas. Uchchala golda ham darvozabonni to'liq ayblamagan bo'lardim. Himoyachilar raqib xokkeychilariga zarba yo'llash uchun qo'yib berishdi. 


- "Zvezda" klubidan Lozebnikov "Humo" safiga kelib qo'shildi. Keyingi o'yinda uni ko'ramizmi?

- Bilmadim. Oldin bugungi o'yinni muhokama qilib olishimiz kerak. U o'yinga tayyor.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
17 jan 16:48:01
Сурхон Барлос
Олға Хумо қуши
   
17 jan 16:27:15
Блоклама
Хоккейни койиллатармиди Футболни койиллатмаган халкни пулини шуларга ойлик клиб бераверинглар хомийлар хаммаси табий бойликларимизни пулини беряпти буларга
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing