So’nggi yangiliklar

15:40"Иккимиздан биримиз ўлишимиз керак". Жош Хокит Перейрани жангга чорлади 0 15:13Тайсон Фьюри: "Илк спаррингимдаёқ отамнинг учта қовурғасини синдириб қўйганман" 0 14:48Мераб Двалишвили: "Мен учун энг муҳими — Янни мағлуб этиш, камар эса иккинчи даражали" 0 14:09Президент қарори билан стадионларнинг фойдаланиш мақсадларини ўзгартириш тақиқланган. Бу "Тўқимачи" стадионига тааллуқли эмасми? 0 13:42Мадримовнинг вазнидаги Себастьян Фундорага мажбрий чемпионлик ҳимояси белгиланди 0 13:17Магнус Карлсенни мағлуб этиб шунчаки ухлашга ётган 15 ёшли ўсмир! 0 12:51Нурмагомедов нима учун унинг бурчагида Махачев бўлмаслигини изоҳлади 0 12:26МЮ "Реал" футболчининг трансферига 50 миллион беришга тайёр 0 11:46Том Аспиналл UFCдан кетиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 11:00"Конор Макгрегорга трэш-токни мен ўргатганман" - Тайсон Фьюри 0 10:12Кевин Холланд UFC`да миллионер жангчи эканлигини рад этди 0 09:44Бугун ўсмирларимиз Испанияга қарши баҳс олиб боради 0 09:18Фьюри Нганну ва Уайлдернинг зарба кучини солиштирди 0 08:53Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси тантанали кутиб олинди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:26Нурмагомедов Ядонг билан жанг олдидан ҳозирги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0

24 okt 10:36
Yangiliklar

Xokkey

“Humo” bosh murabbiyi: Men o'zbekman!

Xabar berganimizdek, kecha “Humo” xokkey jamoasi o'z maydonida Voronejning “Buran” klubini yirik 6:2 hisobida dog'da qoldigandi.

Oliy xokkey ligasi (VXL) doirasidagi ushbu uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiylari jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytarishdi.

Etiboringizga “Humo” jamoasi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin ishtirokida o'tgan matbuot anjumanini taqdim etamiz. 

- Garchi uchrashuvda yirik hisob qayd etilgan bo'lsa-da, o'yin biz uchun oson kechmadi, - deya bahs haqida fikr bildira boshladi Popixin. - O'yinga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Raqib ishtirokidagi bahslarini tomosha qilib, o'rgangan edik. “Buran” kuchli va yaxshi shakllangan jamoa. Dastlabki ikki bo'lim teng kurashlar ostida kechdi. Raqib darvozasini ishg'ol qilib olganimiz yaxshi bo'ldi. To'rtinchi golimizni urganimizdan keyin bu o'yin bizniki ekanligiga shubha qolmadi. SHundan keyin yoshlarga ham imkoniyat taqdim etdik. Eng muhimi, juda muhim o'yinda g'alaba qozondik. Yigitlarga o'yin uchun yuz foiz borlarini berganlari uchun rahmat aytaman. 


- Mixail Anisinni taklif qilish kimning g'oyasi edi? Uning bugungi o'yinidan ko'nglingiz to'ldimi? 

- Menimcha, uni kim chaqirgani muhim emas. Muhimi, u hozir biz bilan. Bu unga o'zini ko'rsatish uchun berilgan imkoniyat ekanini juda yaxshi biladi. U yaxshi sportchi hamda xokkeyni yaxshi ko'radi. Men uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Minskning “Dinamo” klubida ishlab yurgan kezlarim Moskvaning “Dinamo”siga qarshi o'ynaganmiz. O'shanda Misha “Dinamo” sharafini himoya qilardi va o'sha 2012 yilda ular chempion bo'lishgan. Pley-offdagi uchrashuvda bizni shunchaki “sochib” tashlashgandi. Anisin esa o'yinning eng yaxshi xokkeychisi deb topilgan edi. Katta tajribaga ega ekani shundoqqina harakatlaridan ko'rinib turibdi. O'zi ham xushchaqchaq yigit. Arenaga kelgan muxlislarni jonlantirib yubora oladi. O'ylashimcha, bu yaxshi transfer bo'ldi. U bu erga ishlash, mehnat qilish uchun kelgan. 

- Ketma-ket ikkinchi uy g'alabasi. Jamoa o'yinida o'zgarish bo'lgani ko'rinib turibdi. To'rttala tarkib ham birdek o'ynay boshlagan. Bugun Denis Mosharov, Anton Bogackiy va yana bir yangi o'yinchi Arslan Axmetyanov yaxshi taassurot qoldirishdi. Aynan to'rtinchi zveno o'yini haqida qanday fikrdasiz? 

- Axmetyanovga barakalla deyman. Boshqa nima ham derdim. Muhim golni kiritdi. Ha, chempionat peshqadamlari, Sankt-Peterburgning  “SKA-Neva” va “Dinamo” klublariga qarshi kechgan uchrashuvlarda asosan etakchilarga suyandik. Tavakkal qila olmasdik. Raqiblarning saviyasi umuman boshqacha. Uy o'yinida esa yoshlar umuman boshqacha harakat qilishdi. Axmetyanov ham o'ziga taqdim etilgan imkoniyatdan foydalanib qoldi. 


- Arenadagi umumiy muhit va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi haqida nima deya olasiz? 

- Kundan-kunga, o'yindan-o'yinga muxlislarning qo'llab-quvvatlashi oshib bormoqda. Taksida qaerdansiz degan savollarga ko'p duch kelyapman va albatta o'zimni tanishtirganimdan keyin xokkey mavzusida suhbat bo'ladi. Ularga men o'zbekman deb javob beraman. Qanqasiga o'zbeksan deyishadi. SHunday, moskvalik o'zbekman deb javob qaytaraman va ularni “Humo Arena”ga taklif qilaman. 

Reyting: +4   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing