So’nggi yangiliklar

15:40"Иккимиздан биримиз ўлишимиз керак". Жош Хокит Перейрани жангга чорлади 0 15:13Тайсон Фьюри: "Илк спаррингимдаёқ отамнинг учта қовурғасини синдириб қўйганман" 0 14:48Мераб Двалишвили: "Мен учун энг муҳими — Янни мағлуб этиш, камар эса иккинчи даражали" 0 14:09Президент қарори билан стадионларнинг фойдаланиш мақсадларини ўзгартириш тақиқланган. Бу "Тўқимачи" стадионига тааллуқли эмасми? 0 13:42Мадримовнинг вазнидаги Себастьян Фундорага мажбрий чемпионлик ҳимояси белгиланди 0 13:17Магнус Карлсенни мағлуб этиб шунчаки ухлашга ётган 15 ёшли ўсмир! 0 12:51Нурмагомедов нима учун унинг бурчагида Махачев бўлмаслигини изоҳлади 0 12:26МЮ "Реал" футболчининг трансферига 50 миллион беришга тайёр 0 11:46Том Аспиналл UFCдан кетиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 11:00"Конор Макгрегорга трэш-токни мен ўргатганман" - Тайсон Фьюри 0 10:12Кевин Холланд UFC`да миллионер жангчи эканлигини рад этди 0 09:44Бугун ўсмирларимиз Испанияга қарши баҳс олиб боради 0 09:18Фьюри Нганну ва Уайлдернинг зарба кучини солиштирди 0 08:53Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси тантанали кутиб олинди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:26Нурмагомедов Ядонг билан жанг олдидан ҳозирги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0

26 okt 07:45
Yangiliklar

Xokkey

“Humo” bosh murabbiyi “Tambov” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

Kecha poytaxtimizdagi muhtasham “Humo Arena”da Oliy xokkey ligasi (VXL)dan o'rin olgan “Humo” - “Tambov” uchrashuvi bo'lib o'tgandi.

Beshta gol kiritilgan va 4000 dan ziyod muxlislar ko'z o'ngida o'tgan o'yinda “Humo” 3:2 hisobida zafar quchgandi. Evgeniy Grigorenko, Artyom Voroshilo va Pavel Novojilov tomonidan kiritilgan gollar “Humo”ga ketma-ket uchinchi g'alabani taqdim etgan edi. 

Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Humo” jamoasi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin jurnalistarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. 

- Avvalo, bugungi ajoyib g'alaba bilan yigitlarni tabriklayman, - deya so'z boshladi “Humo” ustozi. - Raqib kuchli o'yin namoyish etishini bilgandik. Men “Tambov” bosh murabbiyi “Atlanta”da birga ishlaganman. O'zi ham ajoyib xokkeychi bo'lgan. “Avangard” bilan Rossiya chempioni bo'lgan. Rossiya terma jamoasida o'ynagan. Tambovda yaxshi jamoa shakllantira olibdi. U bilan oradan ancha yillar o'tib Toshkentda uchrashganimizdan xursand bo'ldim. Endi o'yinning o'ziga to'xtalsam, biz ko'proq himoyalanishimizga to'g'ri keldi. CHunki, raqib jamoaning hujumchilari juda kuchli edi. Keyin darvozaboni ham juda tajribali. Biz o'z vaqtida birinchi golni urib oldik. Qanotdan qochib ketib darvozani ishg'ol qilganimiz ham jamoamiz hujum chizig'i chakki emasligidan dalolat. O'yinning yakuniy qismini ham juda yaxshi o'tkazdik. Bir so'z bilan aytganda yaxshi murabbiyga ega kuchli jamoani mag'lub etib, navbatdagi ikki ochkni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz va barcha o'zbekistonlik xokkey muxlislarini tabriklayman. 

- Siz ilk bor ketma-ket uchta uy uchrashuvida g'alaba qozondingiz. Novojilov birinchi golini kiritdi. Muvaffaqiyatning siri nimada?

- Jamoa bo'lib shakllanyapiz. Xarakter paydo bo'lmoqda. Turli klublardan har xil ruhiy holat, turli xokkey bilimlari bilan kelgan o'yinchilarni bir jamoa qilib o'ynatish oson ish emas. Buning uchun vaqt kerak. Vaqt o'tgani sari yigitlarni tushunib borasan. SHunisi bilan ham murabbiylik ishi qiyin. Tarkibimizdagi faqat Grigorenko va Zdunov bilan birga ishlaganman, qolgan yigitlar men uchun begona edi. Albatta, o'yindan-o'yinga kuchayib borayotganimiz kishini xursand qiladi.


- Oxirgi safar o'yinlaringiz nisbatan olganda muvaffaqiyatli yakunlandi. Sankt-Peterburgning kuchli jamoalari, chempionat peshqadamlariga qarshi kechgan uchta o'yinning barchasi asosiy vaqtda durang bilan tugagandi. Mana uy uchrashuvlarining barchasida asosiy vaqtda raqiblarni mag'lub etdinglar. Navbatdagi safar seriyasida ham jamoa muvaffaqiyatiga umid qilsak bo'ladimi?  

- Oldindan aytishim mumkin, bizga oson bo'lmaydi. Biz poytaxt Moskvada o'ynaymiz. Dastlab “Zvezda”, keyin “Ximik”ga qarshi muzga chiqamiz. Bu klublar turnir jadvalida yuqori o'rinlarni egallab turishibdi. Men bugungi o'yin yakunlanishi bilanoq yigitlarga “Tambov” ustidan qozonilgan g'alabani nishonlash uchun bizniig ortiqcha vaqtimiz yo'q deb aytdim. Ertaga jamoamizda bir kun dam olish kuni, yani sauna belgilangan. Ertadan keyin yig'ilamiz, bitta mashg'ulot o'tkazamiz va Moskvaga uchib ketamiz. U erda yana ikki kun mashg'ulot o'tkaziladi va 29 oktyabr kuni Voskresenskka yo'l olamiz. Imkonsiz narsaning o'zi yo'q. Astoydil harakat qilsak, Moskvadan yaxshi kayfiyatda qaytamiz. 


- “Humo” tarkibida yana o'zgarishlar bo'ladimi?  

- Ekaterinburgdan markaziy hujumchi keldi. Bilasizmi, oktyabr oyida 12 ta o'yinimiz bor edi. Bu deyarli 30 kun ichida kunora o'yin o'tkazish degani. Buning uchun barcha tarkibimiz bir xil saviyada kuchli bo'lishi lozim. Sankt-Peterburgning “Dinamo” klubida oltita bir xil kuchdagi tarkibi bor. Bu holatda murabbiy bemalol tarkibda o'zgarishlarni amalga oshira oladi. SHu bois rotaciya kerak. Kuchli raqobat har doim kerak. 

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing