So’nggi yangiliklar

15:40"Иккимиздан биримиз ўлишимиз керак". Жош Хокит Перейрани жангга чорлади 0 15:13Тайсон Фьюри: "Илк спаррингимдаёқ отамнинг учта қовурғасини синдириб қўйганман" 0 14:48Мераб Двалишвили: "Мен учун энг муҳими — Янни мағлуб этиш, камар эса иккинчи даражали" 0 14:09Президент қарори билан стадионларнинг фойдаланиш мақсадларини ўзгартириш тақиқланган. Бу "Тўқимачи" стадионига тааллуқли эмасми? 0 13:42Мадримовнинг вазнидаги Себастьян Фундорага мажбрий чемпионлик ҳимояси белгиланди 0 13:17Магнус Карлсенни мағлуб этиб шунчаки ухлашга ётган 15 ёшли ўсмир! 0 12:51Нурмагомедов нима учун унинг бурчагида Махачев бўлмаслигини изоҳлади 0 12:26МЮ "Реал" футболчининг трансферига 50 миллион беришга тайёр 0 11:46Том Аспиналл UFCдан кетиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 11:00"Конор Макгрегорга трэш-токни мен ўргатганман" - Тайсон Фьюри 0 10:12Кевин Холланд UFC`да миллионер жангчи эканлигини рад этди 0 09:44Бугун ўсмирларимиз Испанияга қарши баҳс олиб боради 0 09:18Фьюри Нганну ва Уайлдернинг зарба кучини солиштирди 0 08:53Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси тантанали кутиб олинди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:26Нурмагомедов Ядонг билан жанг олдидан ҳозирги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0

18 noy 09:31
Yangiliklar

Xokkey

“Humo” bosh murabbiyi Xitoy klubidan qabul qilingan alamli mag'lubiyatga izoh berdi

Teglar :  XokkeyVXLHumo
Xabar berganimizdek, kecha Toshkentning “Humo” jamoasi Oliy xokkey ligasining navbatdagi turidan o'rin olgan uchrashuvda muzga chiqqandi.

Xokkeychilarimiz muhtasham “Humo Arena”da Xitoyning “KRS-BSU” klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishgan edi. Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Humo” klubi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin mag'lubiyat sabablarini izohladi. 

- Oltin qoida o'z so'zini aytdi: sen urmasang, senga urishadi! Ikkinchi bo'limda bizda darvozani ishg'ol qilish uchun keragidan ortiq vaziyatlar bo'ldi. Uchinchi bo'lim haqida ham shunday fikr bildira olaman. Uchga bir, ikkiga bir vaziyatlarda xokkeychilarimiz shaybani darvozaga joylab qo'ya olishmadi. Bu kabi 95 foiz golli vaziyatlardan foydalamadingmi, demak jazosini olasan. Jazosi esa - gol! Keyin chetlatish ham zararimizga ishladi. Tartib-intizom haqida qayg'urmasak, yigitlar bilan boshqacha gaplashmasak bo'lmaydiganga o'xshayapti. Xato qilish bilan chetlatish olib, jamoani qiyin vaziyatda tashlab ketish o'rtasida katta farq bor. Buni muhokama qilamiz. 

- Evgeniy Nikolaevich, mag'lubiyatga qaramay, ijobiy, pozitiv jihatlar ham bor. To'rttala zveno ham o'ynay boshladi. Bugun Vsevolod Sorokin, Aleksey Pepelyaev va Artyom Voronin etishmadi. Ularni qachon muzda ko'rishimiz mumkin?

-  Ularni har kuni kutyapmiz. Alabtta, siz nomlarini sanab o'tgan xokkeychilar bizga etishmayapti. Boshqa tomondan yoshlar uchun imkoniyat yuzaga kelyapti. Gap faqat ularning bu imkoniyatdan qay darajada foydalanishida qolmoqda. Xokkeyda boshqa jamoaviy sport turlaridan farqli ravishda ko'p imkoniyat berilmaydi. 

- Ertadan so'ng o'tkaziladigan “Ceng Tou”ga qarshi o'yinda Sorokin va Voroninni ko'ramizmi?

- Ochig'i, bilmadim. Voroninni bugun ko'ramiz deb kutgandik. Lekin bu amalga oshmadi. Har kuni ertalab etakchi xokkeychilarimizni nihoyat tarkibda ko'ray deya umid bilan uyg'onaman. Bu xokkey, unda hamma narsaga tayyor turish kerak. 

- Xokkeychilarimiz beshga uch vaziyatda ham bemalol, xotirjam, xuddi-ki istalgan hujumimiz gol bilan yakunlanadi qabilida harakat qilishdi. SHu manoda shogirdlaringizda raqibni mensimaslik holati kuzatilmadimi? 

- Biz tayyorgarlik ko'rgan edik. Kecha yig'ilishda raqib haqida gapira turib, tarkibida tajribali ijrochilar borligi, darvozaboni kuchli ekani haqida takror-takror aytgan edik. Xitoyliklar bundan avvalgi “Ximik”ka qarshi kechgan uchrashuvda juda yaxshi o'yin namoyish etishgandi. Xatto birinchi bo'limda “Ximik”ni “ko'mib” qo'yishlari ham mumkin edi. VXLda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Hamma klublar oxirigacha kurashib, bugungidek kutilmagan natijalar qayd etilishiga sabab bo'lishyapti. 

- Bugungi uchrashuvda darvozabonning o'rniga ertaroq hujumkor o'yinchini tushirish mumkin edimi?

- Bu taktika qarshi ishlab qolishi ham mumkin. Ochiq qolgan darvozani ishg'ol qilish hamisha oson bo'lgan. SHunchaki, bir-ikki kishi ustun bo'lgan vaziyatlardan foydalanish kerak edi.   

Reyting:    

Fikrlar

   
18 noy 17:58:21
Jejuyunayted
Hamma joyda alamli mag'lubiyat
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing