So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

18 okt 10:38
Yangiliklar

Xokkey

“Humo” bosh murabbiyi: Yigitlar oldida shlyapamni echaman!

Teglar :  HumoDinamoPopixin
“Humo” xokkey klubi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin Sankt-Peterburgning “Dinamo” (1:2 B) klubiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida savollarga javob berdi.

Xabar berganimizdek, “Humo” jamoasi musobaqa peshqadamiga qarshi kechgan dramatik uchrashuvda faqatgina bullitlar seriyasida kuchli raqibga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

– Juda og'ir o'yin o'tkazdik. Yigitlar kuchli raqibga qarshi munosib qarshilik ko'rsatishdi. Ularga rahmat aytaman va shlyapamni echaman. Kurashdik, lekin lotoreyalar bahsida omad bizdan yuz o'girdi. 

– Ikki yil avval siz Piterning boshqa bir klubini boshqargan edingiz. Tabiiyki, bu shaharning ikki jamoasini yaqindan bilasiz. Neva bo'ylaridan ochko olib ketish oson emas. Lekin siz “Humo” bilan mrga bunga juda ham yaqin keldingiz...

– Bilasizmi, bu ikki xil davr. Bir-biri bilan taqqoslamagan bo'lardim. O'sha paytda boshqa jamoa edi. Hozir umuman boshqa kollektiv. Ha, tan olaman, Peterburgda ikki ajoyib jamoa shakllangan. Murabbiyi bemalol tarkibni o'zgartirib o'ynata oladi. Ikkita teng kuchli tarkibning bo'lishi bu murabbiyning ishini engillashtiradi. “Dinamo” ham, “Neva” ham juda kuchli tarkibga ega. Biz raqib jamoalarni jiddiy tarzda o'rgandik. “Dinamo” joriy mavsum chempionligi uchun birinchi raqamli davogar. 

– To'rt imkoniyatdan uch ochko. Natijadan ko'nglingiz to'lgandir? 

– Ajoyib natija! Lekin omadsizlik bizni tark etmayapti. Har safar biroz omad etishmayapti. Tverda o'ynaganimizda ham shunday bo'lgandi. Hisobda oldinda bora turib, yakunda g'alabani saqlab qololmagandik. Bizga chidamlilik etishmayapti va albatta chetlatishlar ham o'zining salbiy tasirini o'tkazmay qolmadi. 

– “Humo” hal qiluvchi golni kamchilikda, 3x5 ko'rinishida o'tkazib yubordi. Voroshiloga Ruchkinning zarbasini qaytarish uchun qandaydir soniyaning ulushi etmadi...

– Ajoyib yigitlar! Ularning aksariyati chempionat boshlanishi arafasida jamoamizga kelib qo'shilishdi. Artyom Voroshiloni bejizga sardor sifatida tanlamaganmiz. Xarakterga ega xokkeychi ekanligi ko'rinib turibdi. Jamoadoshlarini o'z ortidan ergashtira olyapti. “Dinamo” bugun himoyada yaxshi o'ynadi. Bejizga bu jamoa chempionatda peshqadamlik qilmayapti. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing