26 fev 14:11
Yangiliklar
Xokkey

"Humo" bugun "Gornyak" bilan to'rtinchi o'yinda to'qnash keladi. G'alaba qozonsak, 1/2 finalga chiqamiz!
Bugun xokkey bo'yicha Qozog'iston chempionatining pley-off bosqich o'yinlari davom ettiriladi.
Toshkentning "Humo" klubi chorak finalning to'rtinchi uchrashuvida Rudniy shahrining "Gornyak" jamoasiga qarshi muzga chiqadi. O'yin bizning vaqt bilan soat 19:00 da "Gornyak Arena"da boshlanadi.
Bugungi o'yinda g'alaba qozonish orqali toshkentliklar yarim final yo'llanmasiga ega chiqishlari mumkin. Boisi, bundan oldingi uchta o'yinning barchasida "Humo" xokkeychilari zafar quchgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar