02 mar 15:39
Yangiliklar
Xokkey

"Humo" bugun Toshkentda "Gornyak"ni mehmon qiladi. G'alaba keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim etadi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi bugun Qozog'iston chempionati chorak finali doirasida "Gornyak" jamoasiga qarshi beshinchi o'yinida muzga chiqadi.
Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida bo'lib o'tadigan o'yin 17:00 da boshlanadi.
Mazkur o'yinda g'alaba qozonish orqali "qanotlilar"da yarim final bosqichiga yo'l olish imkoniyati mavjud. Boisi, oldingi to'rt o'yinning uchtasida "Humo", so'nggi bellashuvda esa Rudniy shahri vakillari g'olib bo'lgan edi.
Malumot o'rnida, hozirga qadar "Arlan" va "Torpedo" jamoalari yarim finalga yo'l olib ulgurgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar