So’nggi yangiliklar

11:48Ямалнинг отаси аэропортда официант қизнинг юзига тупуриб, эркак кишига стул отди 0 11:03Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини муваффақиятли бошлади 0 10:22Toray Pan Pacific Open Tennis. Раҳимова дунёнинг 33-ракеткасини мағлуб этди 0 09:31Ўзбекистон ва Хитой крикет соҳасида ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқмоқда 0 08:39Англия лига Кубоги. 4-даражали лиганинг 18-ўриндаги жамоаси "Арсенал"ни турнирдан чиқариб юборди 0 07:57Боксчиларимиз Жаҳон чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 07:06Янгиланган UFC рейтингида Кавана кўтарилди. Темировчи? 0 20:57Айтжан Халмаханов жаҳон чемпионатининг кумуш медалига сазовор бўлди 0 18:36Ямаль нима учун "Олтин тўп"ни ололмади? “France Football” бош муҳаррири изоҳ берди 0 17:49Кудерметова Гуанчжоудаги турнирда индонезиялик теннисчига қарши кортга чиқди 0 17:012027 йилнинг илк UFC турнири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:07Бугун Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 15:16Остон Ўрунов яна жароҳат олди 0 14:31Волкановски Топурия билан реванш ўтказишга тайёр 0 13:10Каспаров Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши жаҳон тожи учун баҳси ҳақида гапирди 0

25 jan 16:15
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" bunday arena bilan KXLda o'ynashi kerak" - Toshkentdagi so'nggi uchrashuvdan so'ng matbuot anjumani qanday o'tdi?

Kecha "Humo" Toshkentdagi so'nggi o'yinida "Almati"ni 6:0 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu o'yindan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jamoa menejeri Yuris Opulskis, bosh murabbiy Evgeniy Popixin va jamoa sardori Igor Ignatushkin ishtirok etdi. 

Evgeniy Popixin: "Uydagi o'yinni g'alaba bilan tugatganimizdan xursandman. Yigitlarga raxmat. Albatta muxlislarga xam. "O'yinchoqlar yomg'iri" tadbiri ham chiroyli bo'ldi. Hasta bolalalar uchun akciya. Men ham shifoxonada bo'lganman, onkologik kasallik og'ir. Bir ona bolasi uchun futbolka berishimni so'ragan, o'shanda bolakay juda xursand bo'lgandi. Kasal bolalar tuzalib ketishlariga ishonishlari kerak. Sog'lar esa hayotni qadriga etib, zavq olishlari lozim. Barchaga sog'liq va baxt bersin". 


Igor Ignatushkin: "Uy o'yinlari tugadi, boshida biroz qiyin bo'ldi. Jamoa yangi yig'ilgandi. Bu normal holat. O'yindan-o'yinga jamoa murabbiyning talabini tushuna bordi. Uy o'yinlari seriyasi tugadi va qiyin o'yinlar bizni kutmoqda. U bosqichda boshqacharoq o'yin bo'ladi. Bizda jamoa shakllanmoqda va pley-offga optimal holatda etib boramiz. 

Muxlislar qancha ko'p bo'lsa, o'yinchilar yanada shijoat bilan o'ynashadi, bu albatta biz uchun ham yoqimli. Bu mayda detal bo'lib ko'rinsada, o'yinchilar uchun yoqimli". 


Yuris Opulskis: "Biz yo'limizda ketyapmiz, o'z rejamiz bor. Mashg'ulotlarda har jihatga etibor qaratiladi. Biz eng muxim o'inlarga tayyorlanyapmiz va bu qiyin bo'ladi. Barchasini o'z rejamiz bo'yicha amalga oshiramiz. 

Transfer? Biz biroz kechroq yig'ildik va dekabrga kelibgina tarkibni shakllantirdik. Bugunga kelib kuchayish bo'ladimi yoki yo'q, aniq ayta olmayman. Vaziyatga qaraymiz. Ammo, bizda hali biroz vaqt bor. 


Qozog'istonda "Humo" - pul yashigi" mazmunidagi gap-so'zlar ko'paygan. Haqiqatdan ham shundaymi? 

- Bunday emas. SHunchaki, bizda o'z ishining ustalari, xaqiqiy mutaxassislar ish olib borishmoqda. Qisqa vaqt ichida bunday darajaga chiqish oson emas. Masalan SHoymardanov o'z-o'zidan yaxshi o'ynab qolmayapti, boshqalar ham. Ular mehnat qilishyapti. SHaroitlar ajoyib. Ajoyib mashg'ulotlar zalimiz bor. Mish-mishlar esa asossiz. 



Igor Ignatushkinga savol: Qozog'iston chempionati qanday ekan? 

- Qozog'iston chempionatida 5-6 ta yaxshi jamoalar bor. Yosh jamoalar xam bor. Yaxshi va qiziq chempionat. Bu erda ekanligimdan xursandman. 

"Humo" aslida bunday arena bilan KXLda o'ynashi kerak. 


- O'yindan keyin ko'rsatiladigan shou muhimmi?

- Albatta, biz muxlislar uchun o'ynaymiz. Buning yomon tarafi yo'q.


Evgeniy Popixinga savol: Endi yigitlarga dam olish kuni berasizmi? 

-Ha, ular bunga loyiq. 


- Damir SHoymardonov haqida nima deysiz? 

- SHoymardonov? U istedodli yosh darvozabon. Yaxshi mehnat qilyapti. Yana o'ynaydimi? U erda umuman boshqacha o'yinlar bo'ladi. SHuning uchun barcha narsaga tayyor bo'lishimiz kerak. 


- Safarda uchta o'yin bor. Natija uchun o'ynaladimi yoki bazi tajribalar o'tkazasizmi? 

- Maqsad bo'ladi. Ochkolar to'plashga harakat qilamiz. Qolgan o'yinlarni yutib, ikkinchi o'rinda tugatmoqchimiz.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing