25 mar 07:36
Yangiliklar
Xokkey

"Humo" etakchisi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi
Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
"Andrey Buyalskiy tanasining yuqori qismidan jarohat oldi. U mavsumning qolgan qismida jamoaga yordam bera olmaydi: tiklanish davri taxminan uch oyni tashkil qiladi. Qolgan barcha o'yinchilar mavsumning hal qiluvchi o'yinlarida jamoaga yordam berishga tayyor", deyiladi xabarda.
Malumot o'rnida, jamoa ertaga Qozog'iston chempionati yarim final seriyasi doirasida "Torpedo"ga qarshi safarda muzga chiqadi. O'yinda g'alaba qozonilgan taqdirda final masalasi hal qilinadi.
Havola :
Manba : hchumo.uz
Fikrlar