27 fev 08:01
Yangiliklar

"Humo" "Gornyak"ka qarshi to'rtinchi o'yinni o'tkazdi. Keyingi bosqich masalasi Toshkentda hal bo'ladi
Kecha Toshkentning "Humo" klubi safarda "Gornyak"ka qarshi chorak final seriyasidagi to'rtinchi o'yinini o'tkazdi. Uchrashuvda Rudniy shahri vakillari 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi. G'alaba shaybasi bahs yakunlanishiga 75 soniya qolgan bir paytda kiritildi.
Kechagi o'yindan keyin jamoalar o'rtasidagi hisob "Humo" foydasiga 3:1 bo'lib turibdi. Endi 2 mart kuni Toshkentda beshinchi uchrashuv bo'lib o'tadi. Agar o'sha o'yinda "qanotlilar" g'alaba qozonsa, 1/2 final eshiklari ochiladi. Bahorning ikkinchi kunidagi uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
CHorak finalning qolgan juftliklariga to'xtaladigan bo'lsak, "Arlan" jamoasi to'rtinchi uchrashuvda ham "Nomad"ni mag'lub etib, ilk 1/2 finalchiga aylandi. "Almati" - "Sariarka" qarama-qarshiligida jangovar durang qayd etilmoqda - 2:2!
Qozog'iston chempionati, chorak final (to'rtinchi o'yin)
"Gornyak" - "HUMO" 2:1 (1:0, 0:1, 1:0)
26 fevral, Rudniy, "Gornyak Arena"
Bosh hakamlar: Yadrishnikov Aleksandr Vladimirovich, Boryaev Anton Vladimirovich
CHiziq hakamlari: Alpispaev Nurlan Armanuli, Dreev Ivan Anatolevich.
Gollar: 1:0 - Andrey Revackiy 14, 1:1 - Stanislav Borovikov 24, 2:1 - Evgeniy Stepanov 58.
"Gornyak": (20) Vladislav Nurek, (29) Dmitriy Vasilev, (79) Aleksey Vlaskin, (13) Ruslan Gabazov, (7) Aleksandr Katkov (A), (5) Aleksandr Kurshuk (K), (93) Sergey Lazarev, (91) Ruslan Abdullaev, (27) Valeriy Gurin, (22) Anton Zlobin, (47) Aleksey Kozorez, (28) Vladimir Krotov, (15) Nikita Lyapunov, (11) Danila Omelkovec, (35) Danila Platonov, (87) Roman Polyanichev, (9) Andrey Revackiy, (52) Evgeniy Stepanov, (24) Dmitriy Teslenko, (8) Ruslan Utebaev, (17) Oskar Yulbarisov (A).
"HUMO": (35) Gleb Moiseev, (3) Edgars Siksna (K), (23) Stanislav Borovikov, (89) Mark-Emil Malishev, (27) Artem Malcev, (86) Dmitriy Savrickiy, (88) Ivan Stepanenko, (63) Dmitriy SHulenin, (12) Andrey Buyalskiy, (73) Egor Buyalskiy, (92) Dmitriy Grenc, (94) Egor Dorofeev, (70) Vladislav Dyukarev, (87) Vasiliy Jilov (A), (18) Danila Karaban, (7) Vadim Kravchenko, (51) Vyacheslav Litovchenko (A), (10) Denis Ludcev, (15) Andrey Pavlenko, (19) Radel Fazleev, (26) Aleksandr SHevchenko.
Fikrlar