15 noy 11:15
Yangiliklar
"Humo" ikkinchi o'yinda ham "Beybaris"dan ustun keldi
Quvonarlisi, Toshkentning "Humo" jamoasi o'z maydonida Atirau shahrining "Beybaris" klubini 3:2 hisobida taslim etdi. Bir kun avval o'tkazilgan ilk o'yinda ham "qanotlilar" atirauliklarni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan edi. Edgars Siksna, Vasiliy Jilov va Danila Karaban "Humo"ning gollariga mualliflik qilishdi.
Etiborlisi, "Humo" klubi Qozog'iston chempionatida ketma-ket to'rtinchi g'alabasini tantana qildi. Jamoa 21 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Jamoa peshqadam "Nomad"dan ikkita o'yin kam o'tkazgan. Asatanaliklar 25 ochko bilan karvonboshi bo'lib turishibdi.
"Humo" klubi navbatdagi ikki uchrashuvni ham o'z maydonida o'tkazadi. "Qanotlilar" 18-19 noyabr kunlari "Aktobe" klubini qabul qilishadi. Bu jamoa 14 ochko bilan 9-pog'onadan joy olgan. Klub so'nggi ikki uchrashuvda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Fikrlar