13 apr 18:04
Yangiliklar
Xokkey

"Humo" kechagi final o'yinida muxlislar tashrifi bo'yicha tarixiy rekord o'rnatdi
Xabaringiz bor, kecha xokkey bo'yicha Toshkentning "Humo" klubi Qozog'iston Ochiq chempionati finalining beshinchi o'yinida muzga chiqqan edi.
Final o'yinlari seriyasining beshinchi uchrashuvida "Nomad" jamoasiga 0:3 hisobida mag'lub bo'lib, chempionlikdan mahrum bo'lgan "Humo" klubi kecha muxlislar tashrifi bo'yicha o'z rekordini yangiladi.
"Qanotlilar"ning final o'yinini tomosha qilish uchun "Humo Arena"ga 7373 nafar tomoshabin tashrif buyurgani malum qilindi. Bu jamoaning yangi rekordi hisoblanadi.
Avvalgi rekord ushbu final seriyasining birinchi o'yiniga tegishli bo'lib, o'shanda "Humo"ning o'yinini tomosha qilish uchun "Humo Arena"da 7287 nafar muxlis yig'ilgan edi.
Havola :
Manba : t.me/abmhockey
Fikrlar