26 okt 12:16
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" klubi darvozaboni bilan kelishuvni bekor qildi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi tarkibida o'zgarish yuzaga keldi.
Jamoa yozda tarkibga qo'shib olingan darvozabon Andrey Litvinov bilan kelishuvni bekor qildi. 30 yoshli rossiyalik Litvinov bu mavsum "Humo" tarkibida Qozog'iston Muntazam chempionati doirasida atigi bir o'yinda muzga chiqdi va 61 daqiqa harakat qildi.
Andrey Litvinov o'tgan mavsumni "Rostov" klubi bilan birgalikda Umumrossiya xokkey Ligasida (VXL) o'tkazgandi. U VXLda umumiy hisobda 273 ta o'yinda muzgga chiqqan edi.
Takidlash joiz, "Humo" jamoasining asosiy darvozaboni sifatida 21 yoshli rossiyalik Damir SHaymardanovni aytish mumkin. U bu mavsum Muntazam chempionatda 18 ta o'yin o'tkazib, 14 ta shayba o'tkazdi.
Havola :
Fikrlar