03 avg 07:59
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" klubi safiga yana bir legioner kelib qo'shildi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Jamoa rahbariyati tarkibni kuchaytirishga ham etibor qaratgan. Kecha klub safiga yana bir rossiyalik xokkeychi kelib qo'shildi. Hujumchi Evgeniy Popitich yangi mavsumda "Humo" klubi sharafini himoya qiladi.
Popitich 1994 yilda Permda dunyoga kelgan. Aynan shu nom bilan ataluvchi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bir necha mavsum Qozog'iston chempionati ishtirokchisi "Kulager" klubi sharafini himoya qilgan. O'tgan mavsumda esa Polshaning "Krakoviya" jamoasida o'ynagan edi.
Etiborlisi, Evgeniyning ukasi Artyom Popitich 2019/2020 yilgi mavsumda "Humo" sharafini himoya qilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar