31 may 12:28
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" klubining yangi mavsumga tayyorgarlik rejalari malum bo'ldi
"Humo" jamoasi yangi mavsum tayyorgarligini iyul oyida boshlaydigan bo'ldi.
Unga ko'ra, "Humo" dastlab Toshkentda yig'ilib, tibbiy ko'rikdan o'tadi. So'ngra "qanotlilar"ning Belarusda yig'in o'tkazishi va bir nechta o'rtoqlik o'yinlarida qatnashishi ko'zda tutilgan.
"Humo" dasturi:
2-8 iyul — Toshkentda yig'ilish. Tibbiy ko'rik. "Humo Arena"da mashg'ulotlar (zal + muz).
10-21 iyul — O'zbekiston tog'larida yig'in.
24 iyul-3 avgust — "Humo Arena"da mashg'ulotlar.
5-14 avgust — Minskdagi (Belarus) yig'ini Er + muz. Bir nechta nazorat uchrashuvlari.
17-22 avgust — "Humo Arena"da mashg'ulotlar (muz).
24 avgustdan — Qozog'iston Kubogida ishtirok etish.
Havola :
Fikrlar