So’nggi yangiliklar

19:10Том Аспиналлни UFC'дан ҳайдаш таклиф қилинди 0 18:45Ямал "Реал" ҳақида айтган гапларидан афсусда эмас 0 18:18Жаҳонгир Зокиров: "Zuffa Boxing"даги асосий рақиблар Иван Дичко ва Энди Круз!" 0 17:50Мария Тимофееванинг Уимблдон иккинчи даврасидаги рақиби маълум бўлди 0 17:23Исроил Мадримов Жарон Эннисни жангга чорлади 0 16:52"Пахтакор" польшалик ҳужумчи билан хайрлашди 0 16:17Фазлиддин Ғоибназаров фаолиятини якунладими? Боксчининг ўзи бунга жавоб берди 0 15:49Нурсултон Рўзибоев футболчиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштирокига муносабат билдирди 0 15:08Mangu 4 турнирининг санаси ниҳоят эълон қилинди 0 14:25ЖЧ-2026`ни тарк этган яна бир мураббий ишдан кетди 0 13:49Раҳимова Уимблдон жуфтлик мусобақасида ҳам иштирок этади. Рақиб маълум! 0 13:14Янгиланган The Ring рейтингида Исроил Мадримов нечанчи ўринда қайд этилди? 0 12:36Хейнига мажбурий даъвогар билан музокара учун 20 кун муҳлат берилди 0 11:53Франция терма жамоаси ЖЧ тарихида рекорд ўрнатди 0 11:22Йен Мачадо Гэрри Махачевни нечанчи раундда "финиш" қилишини айтди 0

04 apr 09:37
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" mehmonda pley-offning hal qiluvchi o'yinini o'tkazdi

Teglar :  HumoTorpedo
Ust-Kamenogorsk shahrida hokkey bo'yicha Qozog'iston chempionatining 1/2 finali doirasidagi "Torpedo" - "Humo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bu ikki jamoaning pley-off seriyasidagi o'zaro oltinchi uchrashuvidan keyin hisob 3:3 ko'rinishiga kelgandi. "Qanotlilar" Toshkentda o'tgan uchrashuvda g'alaba qozonsalar, finalga chiqqan va kecha Qozog'istonda o'tgan o'yinga hojat qolmas edi. 

Afsuski, "Humo" o'sha imkoniyatdan foydalana olmagan va o'z vazifasini qiyinlashtirib yuborgandi. Kecha Ust-Kamenogorskda o'tgan hal qiluvchi o'yinda g'alati ishlar bo'lib ketdi. 3:1 hisobida oldinga chiqib olgan "Humo" yakunda final yo'llanmasini raqibga qo'sh qo'llab topshirdi. 

"Torpedo" uchinchi bo'limda muvozanatni tikladi. Overtaymda esa yana bir g'alati ish bo'ldi. "Humo" hujumchisi Vladislav Dyukarev Nikita Kolobovga qarshi fol ishlatdi va bu holatda hakam bullit belgiladi. Ilya Klyauzov o'ziga berilgan "sovg'a"dan unumli foydalandi – 4:3!

"Torpedo" deyarli 5000 tomoshabin ko'z o'ngida final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Humo" og'zi oshga etay deganda, alamli tarzda musobaqadagi ishtirokini final ostonasida yakunladi. Juda g'alati! 

Pley-off final seriyasi. Ettinchi uchrashuv

"Torpedo" (Ust-Kamenogorsk) - "Humo" (Toshkent) 4:3 OT (0:1, 1:1, 2:1, 1:0)

Gollar:

0:1 – Karaban (Siksna, Litovchenko), 00:28

0:2 – Lixotnikov (Karaban, Savrickiy), 33:02

1:2 – Akmaldinov (Yakovlev, Musorov), 36:55

1:3 – Dorofeev (Jilov, Derbenyov), 48:45

2:3 – Akmaldinov (Kolobov, Musorov), 54:32 

3:3 – Sulimov (Lagunov, Akmaldinov), 58:59

4:3 – Klyauzov, bullit 60:46

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing