So’nggi yangiliklar

10:12Кевин Холланд UFC`да миллионер жангчи эканлигини рад этди 0 09:44Бугун ўсмирларимиз Испанияга қарши баҳс олиб боради 0 09:18Фьюри Нганну ва Уайлдернинг зарба кучини солиштирди 0 08:53Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси тантанали кутиб олинди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:26Нурмагомедов Ядонг билан жанг олдидан ҳозирги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 07:57Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг барча иштирокчилари маълум бўлди 0 07:31Пимблетт, Холлоуэй ва Стивсон "ғалабалари сабаб" жаримага тортилди 0 19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0

24 jan 21:28
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" muntazam chempionat doirasida Toshkentdagi so'nggi o'yinida "Almati"ni 6:0 hisobida dog'da qoldirdi!

Teglar :  AlmatiHumo
Xokkey bo'yicha Qozog'iston ochiq chempionatining navbatdagi turi ham "Humo" jamoasi uchun yakunlandi.

Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston Pro Ligasidagi 38-o'yinini Olma-Ota shahrining "Almati" jamoasiga qarshi o'tkazdi. Jamoalar o'rtasidagi so'nggi, to'rtinchi uchrashuv 6:0 hisobida vakillarimiz foydasiga hal bo'ldi.

Kechagi g'alabadan so'ng "Humo" 2-o'ringa ko'tarilib olgan edi, ayni damda jamoamiz hisobida 58 ochko mavjud, "qanotlilar" birinchi o'rindagi "Sariarka"dan 12 ochko ortda, 3-o'rindagi "Nomad"dan esa 4 ochko oldinda bormoqda. "Almati" hisobida esa mazkur mag'lubiyatdan so'ng 30 ochko mavjud va ular musobaqa jadvalining o'ninchi pog'onasini saqlab turishibdi. Jamoa pley-off imkoniyatidan katta ehtimol bilan ayrildi.

Takidlash lozim, bugungi o'yin jamoa uchun pley-offdan avval, muntazam chempionat doirasida Toshkentda o'tkazilgan so'nggi o'yin bo'ldi. Uchrashuv yakunida muxlislar o'zlari bilan olib kelgan yumshoq o'yinchoqlarni xayriya sifatida taqdim etishdi, shuningdek chiptalar sotuvidan tushgan barcha mablag'lar ham xayriya sifatida topshirilishi aytildi.

"Qanotlilar" navbatdagi o'yin doirasida 30 yanvar kuni Nur-Sulton shahrida "Snejnye Barsy" jamoasiga qarshi ilk safar o'yinida muzga chiqadi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Qozog'iston ochiq chempionati. 38-tur

"HUMO" - "Almati" 6:0 (2:0, 2:0, 2:0)

24 yanvar - 19:00, Toshkent. "Humo Arena".

Bosh hakamlar: Efremov Vladimir Evgenevich, Boryaev Anton Vladimirovich
CHiziq hakamlari: Dairov Damir Talgatovich, Sadullaev Donish

Gollar: 1:0 - Stanislav Tunxuzin 6 (B), 2:0 - Denis SHurakov 17 (B), 3:0 - Vladimir Juravlev 27, 4:0 - Denis SHurakov 33, 5:0 - Artyom Valeev 42, 6:0 - Aleksey Kirillov 51.

"HUMO": (62) Roman Smiryagin, (29) Damir SHaymardanov, (3) Aleksandr Dryagilev, (81) Aleksey Kirillov, (88) Daniel Kogan, (28) Daniil Kurashov, (35) Evgeniy Sulimov, (51) Stanislav Tunxuzin, (23) Vadim CHebotarev, (19) Dmitriy Arxipov, (82) Artyom Valeev, (94) Egor Dorofeev, (64) Vladimir Juravlev, (18) Igor Ignatushkin (K), (66) Javoxir Rasulov, (45) Anton Rextin (A), (22) Pavel Sinyavskiy, (71) Maksim Trunev (A), (26) Ivan Fishhenko, (89) Aleksey Cyplakov, (17) Timur SHingareev, (55) Denis SHurakov.

"Almati": (39) Filipp Kolesnikov, (29) Alisher SHalmanov, (33) Artyom Bakushin, (44) Ilya Borisenko, (81) Ruslan Kursakbaev, (7) Sergey Mashinec (A), (2) Aleksey Ryjix, (55) Nikita Skorobogatov, (17) Serik Arg'ymbaev, (21) Sergey Gricenko, (67) Ivan Kiselyov, (40) Maksim Petrasyuk, (22) Ilya Potyrka, (47) Vladislav Sayko, (10) Sergey Tverdoxlebov (K), (8) Stanislav Filippenko (A), (11) Stepan SHtefan.

Ogohlantirishlar: Aleksey Rijix (5), Dmitriy Arxipov (8), Ruslan Karsakbaev (15), "Almati" jamoasi azolari (16), Sergey Mashinec (16), "Almati" jamoasi azolari (17), Aleksey Kirillov (18), Nikita Skorobogatov (23), Timur SHingareev (35), Vadim CHebotarev (46), Vladimir Juravlev (48), Ilya Borisenko (54).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing