So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

03 dek 09:10
Yangiliklar

Xokkey

"Humo": ortda qolgan 24 ta o'yinga oid qiziqarli faktlar

Teglar :  Humo
Qozog'iston Pro-Ligasi qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston Pro-Ligasida 24-tur yakunlariga ko'ra, musobaqa jadvalidagi ikkinchi o'rinni saqlab qola oldi. Jamoa ayni damda bir oylik uy o'yinlari seriyasini o'tkazish maqsadida Toshkentda bo'lib turibdi.

"Qanotlilar" shu paytgacha:

— 24 ta o'yinda (12 tasi uyda, 12 tasi safarda) 34 ochko. 17 ta g'alaba, 4 tasi overtaymda, 7 ta mag'lubiyat. SHaybalar nisbati — 84-44. Turnir jadvalida 2-o'rin;

— Ligada ayni damgacha overtaymda eng ko'p g'alaba qozongan jamoa;

— 24 ta o'yindan 21 tasida "Humo" hisobni ochgan. Bir marotaba "Sariarka" hisobni ochgan, ammo toshkentliklar 9 soniyadan so'ng hisobni tenglashtirishgan. Qolgan ikki uchrashuvda raqiblar hisobni ochishgan, ammo "Humo" g'alabani "ilib ketgan";

— "Qanotlilar" ketma-ket sakkiz uchrashuvda g'alaba qozonishdi. Bu "Sariarka"dan keyingi eng yaxshi natijadir;

— Jamoa Qozog'iston Pro-Ligasining 24-turiga kelib, 44 ta shayba o'tkazib yuborgan. Bu chempionatning eng yaxshi natijasidir;

— Musobaqa peshqadami "Sariarka"ni mag'lub etgan yagona jamoa hozirgacha "Humo" bo'lib turibdi;

— Vadim Kravchenko - eng yaxshi bombardir - 21 ochko (12+9). SHuningdek, Maksim Trunyov ham huddi shuncha ochko jamg'argan (6+15).

Jamoa navbatdagi o'yinini musobaqa jadvalidagi raqobatchilaridan biri "Arlan" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 9 dekabr kuni 19:00da "Humo Arena"da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing