10 fev 10:10
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" o'z safiga yangi darvozabon qo'shib oldi
"Humo" jamoasi pley-off oldidan tarkibni kuchaytirmoqda.
Qozog'iston Pro-Ligasida 2-o'rinni qo'lga kiritib, pley-offga yo'llanma olgan Toshkentning "Humo" xokkey klubi o'z safiga yangi darvzonabon qo'shib olganini elon qildi.
"Humo" xokkey klubi darvozabon Andrey Yankov bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi.
Andrey Yankov 1989 yilning 2 iyunida Ust-Kamenogorskda tavallud topgan. Qozog'istonning o'smirlar, yoshlar va talabalar terma jamoalarida o'ynagan. "Torpedo", "Arlan" va "Qulager" jamoalari tarkibida o'ynagan.
"Humo" tarkibida Andrey 1-raqam ostida faoliyat yuritadi, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
"Humo" pley-offdagi ilk o'yinini 16-17 fevral kunlari "Gornyak" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : t.me/hc_humo
Fikrlar