14 noy 12:40
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" o'z uyida "Beybaris"dan ustun keldi, bugun jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yin o'tkaziladi
Kecha xokkey bo'yicha Qozog'iston chempionati davom ettirildi.
Kun davomida Toshkentning "Humo" jamoasi o'z uyida Atirau shahrining "Beybaris" klubini qabul qildi.
Quvonarlisi, o'yinda toshkentliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. "Humo" safida Danila Karaban va Egor Buyalskiy shayba muallifiga aylandi.
Mazkur g'alabadan keyin "Humo"ning ochkolari soni 19 taga etdi. Yana bitta g'alaba orqali "qanotlilar" turnir jadvalida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib olishlari mumkin.
Bugun soat 19:30 da "Humo" va "Beybaris" o'rtasidagi ikkinchi o'yin o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar