18 fev 08:41
Yangiliklar
Xokkey
![](/upload/storage/322904_220.jpg)
"Humo" pley-off oldidan ikkita transfer amalga oshirdi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi ikkita transferga qo'l urdi.
Dastlab, rossiyalik himoyachi Dmitriy SHulenin bilan shartnoma imzolandi. KXL tajribasiga ega SHulenin bu mavsumni "Olimpiya" klubi bilan VXLda o'tkazayotgandi.
Dmitriy "Humo"da 63-raqam ostida harakat qiladi.
Bundan tashqari, Qozog'iston terma jamoasi hujumchisi Andrey Buyalskiy ham endi "qanotlilar" safida muzga chiqadi.
Markaziy hujumchi bu mavsum davomida "Baris" va "Sariarka" klublarida o'ynadi. Andey "Humo" safida 12-raqam ostida o'ynaydi.
Havola :
Manba : hchumo.uz
Fikrlar