19 fev 08:30
Yangiliklar
Xokkey

"Humo" pley-offni kambekli g'alaba bilan boshladi
Kecha Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida xokkey bo'yicha Qozog'iston chempionatidan o'rin olgan "Humo" - "Gornyak" o'yini bo'lib o'tdi.
Pley-off (chorak final) bosqichida o'tkazilayotgan bellashuvning ilk kungi bahsi toshkentliklar uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Boisi, birinchi davradan so'ng 0:2 hisobida ortda borayotgan "Humo" o'yin yakunida 5:3 hisobida zafar quchdi. "Qanotlilar" tarkibida Vadim Kravchkenko, Mark-Emil Malishev, Andrey Buyalskiy (dubl) va Artyom Lixotnikov shayba kiritdi.
Bugun 19:30 da jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yin o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar