25 fev 08:24
Yangiliklar

"Humo" pley-offning uchinchi uchrashuvida ham g'alaba qozondi
"Qanotlilar" Toshkentda o'tgan har ikki o'yinda "Gornyak"dan ustun kelishgandi. Kecha Rudniyda kechgan uchinchi bahsda ham xokkeychilarimiz 3:1 hisobida zafar quchib, seriyadagi hisobni 3:0 ko'rinishga keltirishdi.
Markaziy hujumchi Dmitriy Grenc kechagi o'yin qahramonlaridan biri bo'ldi. Aynan u kiritilgan uchchala shaybaga hammualliflik qildi. Uning shayba oshirishidan keyin Andrey Buyalskiy dublga erishdi. Uchinchi gol Vadim Kravchenko hisobiga yozildi.
Malumot uchun, pley-offdagi o'yinlar 4 ta g'alabagacha davom etadi. Ertaga jamoalar o'rtasidagi to'rtinchi uchrashuv o'tkaziladi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi. CHorak finalda saralash bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan Kokshetauning "Arlan" klubi xuddi biz singari 3 ta o'yinda yuz foizlik natija qayd etdi.
Fikrlar