So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

26 avg 16:21
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" Qozog'iston kubogi doirasida "Aktobe" mehmoni bo'ldi va g'alabaga erishdi

Teglar :  AktobeHumo
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston Kubogi doirasidagi ikkinchi tur uchrashuvida muzga chiqdi.

Toshkentining "Humo" xokkey jamoasi Qozog'iston kubogi doirasida A guruhi ikkinchi turida "Aktobe" jamoasiga qarshi muzga chiqdi. Match 5:2 hisobida vakillarimiz foydasiga hal bo'ldi. "Humo" uch ochko bilan hozircha guruh etakchisi. "Sariarka" esa o'z o'yinini endi o'tkazadi. Uchinchi tur doirasida "Humo" 28 avgust kuni "Kulager" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Qarag'anda shahrida bo'lib o'tadi.
— — — — — — — — —

Quyida uchrashuv tafsilotlaridan xabardor bo'lishingiz mumkin:

SAHIFANI YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. G'ALABAAA. "Humo" Qozog'iston kubogi doirasida ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. "Aktobe" 2:5 "Humo".

3-bo'lim, 16-daqiqa. Yo'q, afsus bu safar Smiryagin ham yordam bera olmadi. 27-raqamdagi "Aktobe" hujumchisi Ivan Kuchin hisobni qisqartirmoqda. 2:5.

SMIRYAGINNN haqiqiy devor ekanligini yana bir bor isbotlamoqda.

5 daqiqadan ko'proq vaqt qoldi o'yin yakuniga.

G'alaba aniq bo'lib ulgurdi.

Ikkala jamoa ham to'liq tarkibda.

SHaybaaaaa. Boyagina intervyucha bergan Igor Ignatushkin hisobni 5:1 ko'rinishiga keltirib qo'ydi...

Endi "Aktobe" bir kishi kam ikki daqiqaga.

"Humo" tarkibi yana to'liq holatga qaytdi.

"Humo"da chetlatish. "Aktobe" bosimni kuchaytirdi.

3-bo'lim, 12-daqiqa. O'ZBEKISTONLIK Javohir RASULOOOV hisobni 4:1 ko'rinishiga keltirdi. Olg'a "HUMO".

3-bo'lim, 11-daqiqa. Vaaaaaa yana SHAYBAAAA. 94-raqamdagi EGOOOR DOROFEEEV hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirmoqdaaa...

O'n daqiqadan ziyodroq vaqt bor. Olg'a "Humo". 

Va nihoyat "Humo" chetlatishlardan unumli foydalana oldi. SHayba 5x3 o'yin formatida kiritildi.

3-bo'lim, 6-daqiqa. SHAYBAAAAA. 96-raqamdagi MARK RUBINCHIIIK "HUMO"ni hisobda oldinga olib chiqmoqdaaa. 2:1 "Humo" oldinda...

"Aktobe"da bir necha bor chetlatishlar yuzaga kelmoqda. Ammo "Humo" bundan foydalana olmayapti.

Demak, bizda uchinchi bo'lim ham start oldi.

"Humo" xokkeychisi Igor Ignatushkin ikkinchi bo'limdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ignatushkin jamoaning iqtidorga ega ekani, ammo buni to'liq namoyon eta olmayotganini aytib o'tdi.

Ikkinchi bo'lim ham o'z yakuniga etdi. Hisob 1:1.

"Aktobe" pressingni sezilarli darajada kuchaytirdi.

"Toshkent devori" yani Roman Smiryagin har doimgidek o'z o'rnida.

Hozirgina shayba kiritgan CHebotarev chetlatildi. Ikki daqiqaga.

Endi esa qozoqlarda super imkoniyat yuzaga keldi. Ammo foydasiz.

2-bo'lim, 13-daqiqa. "Humo" shayba kiritmoqdaaaaa. VADIM CHEBOTAREEEEV hisobni tenglashtirmoqdaaa. 1:1.

"Aktobe"da chetlatish. Ikki daqiqaga.

Ikkinchi bo'lim, 12-daqiqasi. "Humo"ning o'yinida tartibsizliklar uchrab turibdi. Yangi jamoa, yangi tarkib. Vaqt kerak!

"Humo" matchda yaqqol ustunlik qilmoqda. Ammo buning o'zi kamlik qiladi. SHayba kerak!

"Humo"da ajoyib imkon. "Aktobe" ikki kishi kam muzda.

Yana "Aktobe"da chetlatish.

Ikkinchi bo'lim start olmoqda. Statistikalarga etibor bersak, "Humo" matchda kichik ustunlikka ega ekanini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Ammo birinchi bo'lim o'z yakuniga etdi. Kichik tanaffus.

"Humo" ham to'rt kishi bo'lib qolgan edi. 

"Aktobe"da uchinchi chetlatish. "Humo"da bu ko'rsatkich hozircha nolga teng.

Bo'lim so'ngida "Humo"da yaxshi vaziyat yuzaga kelgan edi.

Mezbonlar bir kishi kam bo'ladi. Ikki daqiqaga.

1-bo'lim, 12-daqiqa. Matchda hisob ochilmoqda. Ivan Kuchin Aktobeni hisobda oldinga olib chiqmoqda... 1:0.

1-bo'lim, 9-daqiqa. Endi mezbonlar kuchli zarba yo'llashdi. Ular yana to'liq tarkib bilan o'ynashmoqda.

"Humo"da ilk xavfli vaziyat yuzaga keldi.

Ilk chetlatish "Aktobe"da.

1-bo'lim, 5-daqiqa. O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda hozircha.

"Humo" bugun ananaviy ko'k rangli libosida, "Aktobe" esa oq rangli libosida muzga chiqqan.

Demak, dastlabki yigirma daqiqalik start oldi.

"Humo" joylashgan guruh jadvali: 


Uchrashuv start olishiga 10 daqiqadan kamroq vaqt qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing