25 iyu 18:11
Yangiliklar
Xokkey

"Humo" Qozog'iston kubogida ishtirok etadimi? Xabar rasman tasdiqlandi
Bu haqda Qozog'iston xokkey federaciyasi xabar berdi.
"Bu yil kubok uchun 8 ta jamoa kurash olib boradi, ular o'tgan mavsum reytingiga ko'ra ikki guruhga bo'lingan edi. Toshkentning "Humo" jamoasi Qozog'iston kubogi va Pro Xokkey Ligasi chempionatida ishtirok etish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmadi.
Pavlodarning "Irtish" klubi moliyalashtirish bilan bog'liq muammolar tufayli qura tashlash marosimini o'tkazib yuboradi. "Nomad" Belarus Respublikasidagi xalqaro turnirda ishtirok etadi", deyiladi xabarda.
Avvalroq, "qanotlilar"ning sobiq matbuot kotibi Aleksandr Malishev jamoa bo'lg'usi professional mavsumni o'tkazib yuborishini malum qilgandi.
Havola :
Manba : t.me/GolovoiObLed
Fikrlar